Bank tizimi faoliyatining asosiy ko'rsatkichlari
2026-yil 1-iyul holatiga ko'ra o'tgan yilning mos davriga nisbatan jami bank aktivlari
18% ga (1 005,8 trln so'm), kredit qo'yilmalari
12% ga (642,8 trln so'm), jami bank kapitali esa
19% ga (148,9 trln so'm) o'sdi. Ayniqsa, bank tizimidagi jami depozitlar miqdori
118 trln so'mga ko'payib,
473,8 trln so'mni tashkil etdi va yillik o'sish 33% ga yetdi.
Mazkur dinamika aholi hamda tadbirkorlarning kredit hamda depozit mahsulotlariga talabi ortayotganini ko'rsatadi.
Shuningdek, bank tizimi asosiy ko'rsatkichlari tarkibidagi xorijiy valyuta ulushi dinamikasida pasayish kuzatildi:
Bank aktivlar tarkibida: 40% → 35%
Kredit qo'yilmalari tarkibida: 42% → 39%
Depozitlar tarkibida: 24% → 19%
Mazkur tendensiya moliya bozorida jamg'arish va to'lov vositasi sifatida xorijiy valyutadan ko'ra milliy valyutamiz — so'mga bo'lgan talab ortib borayotganini ko'rsatmoqda.
Batafsil
#Markaziy_bank_raqamlarda
Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Linkedin | X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram