"O‘zbekiston mehnat bozori transformatsiyasi: yangi tendensiyalar, asosiy o‘zgarishlar va innovatsion HR" forumi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur forum doirasida sun’iy intellekt (gologramma) taqdimoti hamda quyidagi mavzular bo‘yicha panel sessiyalari tashkil etiladi:
🔹 Innovatsion HR boshqaruvi;
🔹 Mehnat bozorida yangi tendensiyalar;
🔹 Mehnat kodeksiga sharh;
🔹 Tijorat banklari faoliyatida yangicha yondashuv.
🔹 Mehnat munosabatlari, ijtimoiy kafolatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot;
Shuningdek,
30 dan ortiq tijorat bankining
1 000 ga yaqin vakant ish o‘rinlari taqdim etiladigan mehnat yarmarkasi.
Forumda davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, xususiy sektor, tijorat banklari, HR hamjamiyati, rekruting kompaniyalari hamda mehnat munosabatlari sohasidagi yetakchi ekspertlar ishtirok etadi.
🗓
Sana: 2026-yil 22-iyul
🕘
Boshlanish vaqti: 09:30
Manzil: Hyatt Regency Tashkent
Sayt | Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | X
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram