avatar
Ali_Komilov | CEO
@ali_komilovceo
27.05.2026 00:45
Mehr, saxovat va insoniylik bayrami muborak bo‘lsin!

Barcha yurtdoshlarimizni duolar, shukronalik va ezgu niyatlar birlashadigan ulug‘ ayyom — Eid al-Adha, Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklayman.

Mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovat kabi yuksak qadriyatlar ramzi bo‘lgan fayzli bayram har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, xonadonlarga fayz-u baraka hamda qalblarga quvonch olib kelsin. Kelgusi hayitga barcha samimiy niyatlar, qilingan duolar ijobati, sog‘lik-salomatlikda yetish nasib qilsin.

Ezgu maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sog‘liq, omad va muvaffaqiyat tilayman.
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan, Alixon Komilov
❤‍🔥 9
8
🔥 2
😇 2
💘 2
1 4 199
avatar
Ali_Komilov | CEO
Переслано от канала
26.05.2026 17:08
#asardan

Ish ko‘pligi-yu, vaqt yo‘qligidan nolimang. Vaqt ko‘pligi-yu, ish yo‘qligidan qo‘rqing. Odamni abgor qiladigan narsa —bekorchilik.

"Daftar hoshiyasidagi bitiklar"  Oʻtkir Hoshimov
💯 7
5
🔥 5
❤‍🔥 1
1 78
avatar
Ali_Komilov | CEO
@ali_komilovceo
23.05.2026 06:06
Bitta rahmatning narxi qancha?

Ko‘pchilik motivatsiyani faqat maosh bilan bog‘laydi. Albatta, adolatli va munosib daromad muhim. Lekin tajriba shuni ko‘rsatadiki, uzoq muddatli natija va jamoa sodiqligini faqat pul bilan ushlab bo‘lmaydi.

Bugun CEO sifatidagi kuzatuvlarimdan kelib chiqib shuni ayta olamanki, kuchli jamoalar ko‘proq e’tibor va rivojlanish orqali shakllanadi.
Fikrimcha, quyidagi omillar ko‘p hollarda qo‘shimcha bonusdan ham kuchliroq ta’sir qiladi:

1. Tan olinish va qadrlanish hissi.
Oddiy “rahmat” yoki jamoa oldida e’tirof ba’zan moddiy rag‘batdan ham katta energiya beradi. Inson o‘z hissasi ko‘rinayotganini his qilishi kerak.

2. O‘sish imkoniyati.
Xodim faqat bugungi vazifasini emas, ertangi pozitsiyasini ham ko‘ra olishi kerak. O‘qish, yangi mas’uliyat va rivojlanish yo‘li motivatsiyaning eng kuchli omillaridan biri.

3. Ishonch berish.
Doimiy nazorat emas, mas’uliyat topshirish natijani oshiradi. Odamlar ularga ishonilganda ko‘proq natija ko‘rsatadi.

5. Qarorlarda ishtirok etish.
Xodim o‘zini ijrochi emas, jarayonning bir qismi deb his qilganda egalik hissi paydo bo‘ladi.

6. Sog‘lom ichki muhit.
Hurmat, ochiq muloqot va adolat eng qimmat motivatsiya vositalaridan biri.
Ko‘plab boshqaruv tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, xodimlarning ish joyini tark etish sababi har doim ham maosh emas, ko‘pincha e’tibor yetishmasligi, o‘sishning yo‘qligi va qadrsizlanish hissi bo‘ladi. Shuning uchun rahbar sifatida savolni boshqacha qo‘yish kerak:

"Xodimga yana qancha to‘laymiz?" emas, "Xodim nega aynan biz bilan qolishni xohlaydi?"

Telegram Instagram*
🔥 10
3
👏 3
💯 3
👍 2
👨‍💻 1
😇 1
💘 1
👾 1
4 155
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ali_Komilov | CEO
Переслано от Hilal Edu | Turk tili markazi
22.05.2026 12:09
📢 Turkcha Akademi’ning rasmiy Telegram kanaliga qo‘shiling! 🇹🇷

Turk tilini zerikmasdan, oson va qiziqarli tarzda o‘rganmoqchimisiz?
Unda siz uchun foydali kontentlar aynan bizning kanalda👇

Kanalimizda sizni:
✨ Har kuni yangi turk tiliga oid qo'llanmalar
✨ Foydali turk tili darslari
✨ Quiz va testlar
✨ Turk madaniyati haqida postlar
✨ Kurslar haqida yangiliklar va maxsus chegirmalar

barchasini telegram kanlimizda e'lon qilib boramiz 😊


📲 Hoziroq qo‘shiling va turk tilini birga o‘rganamiz!
👉 @Turkcha_Akademi

Turk tilini o‘rganish Turkcha akademi bilan yanada tez va oson!
8
👍 2
🔥 1
96
avatar
Ali_Komilov | CEO
Переслано от Hilal Edu | Turk tili markazi
21.05.2026 10:00
🎙️ Ahmet Kelesşoğlu Eğitim Fakultesi Dr. Attila Özdek.

🎙️ Dr. Öğr. Üyesi Görkem KAYA.

Biz bilan turk milliy musiqalarini tinglab, turk madaniy muhitini his qiling.

🤩
İyi dinlenmeler dileriz!

Tashrif Beruniy filialida bo'lib o'tadi.

📍 Universitet ko'chasi 5/1
🗓 Sana: 21-may
🕕 Soat: 18:00

@hiloledu_uz
👍 9
3
🔥 2
💘 1
1 76
avatar
Ali_Komilov | CEO
Переслано от Hilal Edu | Turk tili markazi
21.05.2026 10:00
🎶 "Musiqa kuni"ga tashrif buyuruvchi mehmonlarimiz bilan tanishtiramiz.

Birinchi mehmonimiz: Fakülte dekanı Prof Dr Muzaffer Sümbül - Çukurova Üniversitesi iletişim fakültesi radyo televizyon ve Sinema bölümü öğretim üyesi.

Ikkinchi mehmonimiz: Erdem Özdemir - Çukurova Üniversitesi kültürler arası iletişim çalışmaları araştırma ve uygulama merkezi müdürü.

🎼 Jonli turk milliy kuylaridan bahramand bo‘lish, tinglash, turk madaniyati va atmosferasini yaqindan his qilish, yangi insonlar bilan suhbat uchun yaxshi imkoniyat.

@hiloledu_uz
👍 7
2
👏 2
🔥 1
💘 1
1 67
avatar
Ali_Komilov | CEO
@ali_komilovceo
16.05.2026 13:36
Har qanday jamoada turli fikrlar va e’tirozlar bo‘lishi tabiiy. Muhimi, ularga qanday munosabat bildirishdir. To‘g‘ri yondashuv har qanday murakkab vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira oladi.

Men odatda bunday vaziyatlarda:

—Har bir xodimni diqqat bilan tinglayman;

—Iloji boricha shoshilinch qaror qilmaslikka harakat qilaman;

—Shaxsga emas, muammoning yechimiga e’tibor qarataman;

—Har bir jarayondan xulosa chiqarishga intilaman;

—Jamoada ochiq va sog‘lom muloqot muhitini shakllantirishni ustuvor deb bilaman
.

Chunki, kuchli jamoa bir-birini tushuna oladigan insonlardan shakllanadi.


Bu borada sizning fikringiz qanday?
Izohlarda yozib qoldiring!

Telegram Instagram*
16
🔥 5
👍 1
💯 1
🏆 1
😇 1
1 167
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Ali_Komilov | CEO
Переслано от Hilal Edu | Turk tili markazi
16.05.2026 05:35
🚀 May oyidagi CEFR imtihoniga aynan Hilal Edu’dan 1500 nafardan ortiq o‘quvchi imtihon topshirishyapti.

Bu — shunchaki raqam emas.
Bu — oylar davomida qilingan mehnat va katta maqsadlar natijasi! ✨

😊 Aziz o‘quvchilar, sizlarga imtihonda omad tilaymiz!
Ishonamizki, qilgan har bir harakatingiz o‘z natijasini beradi.

📚 Bilimingizga ishoning
💪 Hayajonni chetga suring
🌟 Va eng yaxshi natijani olib chiqing!


Hilal Edu oilasi sizga omad tilaydi.

@hiloledu_uz
🔥 18
👏 3
😇 2
🤩 1
💯 1
🤝 1
1 1 85
avatar
Ali_Komilov | CEO
Переслано от канала
15.05.2026 05:43
❗️Obyektivka, Rezyume va CV — bularni farqlay olmasangiz, ish topshirishdan oldin shu postni o’qing.

Ko’pchilik talabalar ishga hujjat topshirayotganda aynan qaysi hujjat kerakligini bilmaydi. Bu esa nomuvofiqlik va salbiy taassurotga olib kelishi mumkin.

🔍 Keling, uchtasining farqini tushunib olaylik:

📌 Obyektivka (Ma’lumotnoma) – Davlat tashkilotlariga kerak bo’ladigan hujjat. Unda ishlagan joylaringiz, oila-a’zolaringiz va faxriy unvonlaringiz haqida qisqacha faktlar bo’ladi. Emotsiyasiz, rasmiy shakl.

📌 Rezyume – Oddiy va zamonaviy ish beruvchilarga topshiriladigan hujjat. Unda qisqa, ammo lo‘nda tarzda tajriba, yutuq va natijalaringiz yoziladi. Minimalistik dizayn va samaradorlikni ko‘rsatadi.

📌 CV (Curriculum Vitae) – Ko‘proq akademik yoki xalqaro tashkilotlarda talab qilinadi. Sizning ilmiy maqolalaringiz, izlanishlaringiz, grantlaringiz, konferensiya ishtiroklari va boshqa ilmiy faoliyatingiz yoritiladi.

📥 Ishga hujjat topshirishdan oldin, aynan sizdan qaysi biri talab qilinayotganini bilib oling. Har birining o’z o’rni bor.
🔥 10
👍 4
💘 3
👏 2
142
avatar
Ali_Komilov | CEO
@ali_komilovceo
09.05.2026 14:03
👏 16
9
❤‍🔥 6
🕊 5
💯 3
👍 2
🔥 1
💘 1
5 3 238
avatar
Ali_Komilov | CEO
@ali_komilovceo
08.05.2026 15:02
👍 17
10
❤‍🔥 5
🤩 3
🕊 2
💯 2
🏆 2
💘 1
4 3 294
avatar
Ali_Komilov | CEO
@ali_komilovceo
07.05.2026 15:44
Samarali boshqaruvda vazifalar bilan ishlashning o‘rni katta

Bugun CEO sifatida vazifalarni boshqarish tizimini yaratish haqida yozaman. Faoliyatim davomida shuni aniq tushundimki, har bir topshiriqni o‘z vaqtida va eng mos xodimga topshirish bu shunchaki jarayon emas, balki butun jamoa samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan vazifalar tizimi nafaqat ishni tezlashtiradi, balki xatolarni kamaytiradi, mas’uliyatni oshiradi va natijani aniq ko‘rsatadi.
Quyidagi oddiy, lekin amalda juda kuchli qoidalar ish unumdorligini sezilarli darajada oshiradi:

1. Har bir vazifaga aniq muddat qo‘ying.
Topshiriq qachondir emas, aniq vaqt bilan berilishi kerak. Masalan, shanba kuni soat 14:00 gacha. Bu mas’uliyatni oshiradi va kechikishlarning oldini oladi.

2. 5 daqiqalik qoidani qo‘llang.
Agar vazifa 5 daqiqada bajarilsa, darhol bajaring yoki shu zahoti mas’ul shaxsga topshiring. Bu mayda ishlarning yig‘ilib qolishini oldini oladi.

3. Katta ishlarni kichik qismlarga bo‘ling.
Yirik vazifalar ko‘pincha cho‘zilib ketadi. Uni bosqichlarga ajratsangiz, jarayon aniqroq va boshqarilishi oson bo‘ladi.

4. Barchasini yozib boring.
Xotiraga ishonmang tizimga ishoning. Vazifalarni yozib borish nazoratni kuchaytiradi va hech narsani unutmaslikka yordam beradi.

5. Natijalarni monitoring qiling.
Vazifa berishning o‘zi yetarli emas. Jarayonni kuzatib boring, oraliq natijalarni tekshiring. Bu muammolarni erta aniqlashga yordam beradi.

6. Mas’uliyatni aniq belgilang.
Har bir vazifaning egasi bo‘lishi shart. Kimdir qiladi emas aniq bir inson javobgar bo‘lishi kerak. Shunda javobgarlik ham natija ham oshadi.

Telegram Instagram*
🔥 9
👍 8
❤‍🔥 4
💘 4
1
2 267
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Ali_Komilov | CEO

119
Markaziy Osiyodagi eng yirik turk tili markazi hisoblangan @hiloledu_uz o’quv markazida ijrochi direktor (CEO) lavozimida faoliyat yuritaman.

Murojat uchun : @ali_komilovv
Открыть в Telegram