Samarali boshqaruvda vazifalar bilan ishlashning o‘rni katta
Bugun CEO sifatida vazifalarni boshqarish tizimini yaratish haqida yozaman. Faoliyatim davomida shuni aniq tushundimki, har bir topshiriqni o‘z vaqtida va eng mos xodimga topshirish bu shunchaki jarayon emas, balki butun jamoa samaradorligini belgilovchi asosiy omillardan biridir.
To‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan vazifalar tizimi nafaqat ishni tezlashtiradi, balki xatolarni kamaytiradi, mas’uliyatni oshiradi va natijani aniq ko‘rsatadi.
Quyidagi oddiy, lekin amalda juda kuchli qoidalar ish unumdorligini sezilarli darajada oshiradi:
1. Har bir vazifaga aniq muddat qo‘ying.
Topshiriq qachondir emas, aniq vaqt bilan berilishi kerak. Masalan, shanba kuni soat 14:00 gacha. Bu mas’uliyatni oshiradi va kechikishlarning oldini oladi.
2. 5 daqiqalik qoidani qo‘llang.
Agar vazifa 5 daqiqada bajarilsa, darhol bajaring yoki shu zahoti mas’ul shaxsga topshiring. Bu mayda ishlarning yig‘ilib qolishini oldini oladi.
3. Katta ishlarni kichik qismlarga bo‘ling.
Yirik vazifalar ko‘pincha cho‘zilib ketadi. Uni bosqichlarga ajratsangiz, jarayon aniqroq va boshqarilishi oson bo‘ladi.
4. Barchasini yozib boring.
Xotiraga ishonmang tizimga ishoning. Vazifalarni yozib borish nazoratni kuchaytiradi va hech narsani unutmaslikka yordam beradi.
5. Natijalarni monitoring qiling.
Vazifa berishning o‘zi yetarli emas. Jarayonni kuzatib boring, oraliq natijalarni tekshiring. Bu muammolarni erta aniqlashga yordam beradi.
6. Mas’uliyatni aniq belgilang.
Har bir vazifaning egasi bo‘lishi shart. Kimdir qiladi emas aniq bir inson javobgar bo‘lishi kerak. Shunda javobgarlik ham natija ham oshadi.
Telegram Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram