❗️Obyektivka, Rezyume va CV — bularni farqlay olmasangiz, ish topshirishdan oldin shu postni o’qing.
Ko’pchilik talabalar ishga hujjat topshirayotganda aynan qaysi hujjat kerakligini bilmaydi. Bu esa nomuvofiqlik va salbiy taassurotga olib kelishi mumkin.
🔍 Keling, uchtasining farqini tushunib olaylik:
📌 Obyektivka (Ma’lumotnoma) – Davlat tashkilotlariga kerak bo’ladigan hujjat. Unda ishlagan joylaringiz, oila-a’zolaringiz va faxriy unvonlaringiz haqida qisqacha faktlar bo’ladi. Emotsiyasiz, rasmiy shakl.
📌 Rezyume – Oddiy va zamonaviy ish beruvchilarga topshiriladigan hujjat. Unda qisqa, ammo lo‘nda tarzda tajriba, yutuq va natijalaringiz yoziladi. Minimalistik dizayn va samaradorlikni ko‘rsatadi.
📌 CV (Curriculum Vitae) – Ko‘proq akademik yoki xalqaro tashkilotlarda talab qilinadi. Sizning ilmiy maqolalaringiz, izlanishlaringiz, grantlaringiz, konferensiya ishtiroklari va boshqa ilmiy faoliyatingiz yoritiladi.
📥 Ishga hujjat topshirishdan oldin, aynan sizdan qaysi biri talab qilinayotganini bilib oling. Har birining o’z o’rni bor.
🔥10
👍4
💘3
👏2
142
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram