Har qanday jamoada turli fikrlar va e’tirozlar bo‘lishi tabiiy. Muhimi, ularga qanday munosabat bildirishdir. To‘g‘ri yondashuv har qanday murakkab vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartira oladi.
Men odatda bunday vaziyatlarda:
—Har bir xodimni diqqat bilan tinglayman;
—Iloji boricha shoshilinch qaror qilmaslikka harakat qilaman;
—Shaxsga emas, muammoning yechimiga e’tibor qarataman;
—Har bir jarayondan xulosa chiqarishga intilaman;
—Jamoada ochiq va sog‘lom muloqot muhitini shakllantirishni ustuvor deb bilaman.
Chunki, kuchli jamoa bir-birini tushuna oladigan insonlardan shakllanadi.
Buborada sizning fikringiz qanday? Izohlarda yozib qoldiring!
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram