avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
@UZ_DXAUF
сегодня, 06:50
#dolzarb_90_kun

2026-yil 12-avgust kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqal’a tumanidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Tabiatni asraylik” nomli ekologik plogging tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida filial xodimlari maktab o‘quvchilari bilan birgalikda hududni obodonlashtirish va tozalash ishlarida faol ishtirok etdilar. Shuningdek, o‘quvchilar bilan tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish mavzularida samimiy suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida o‘quvchilarga tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, atrof-muhit tozaligini saqlash har bir insonning burchi ekanligi ta’kidlandi.

Tadbir o‘quvchilarning ekologik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularda tabiatga mehr va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qildi.
2 80
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Переслано от Edu.uz
сегодня, 04:51
❗️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi.

✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta.

Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi.

Kvotalar quyidagicha belgilangan:

🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta;
🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta;
🔹 doktoranturaga — 540 ta.

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
Oliy_ta’limdan_keyingi_talim_kvotalari_2027.pdf
1.14 МБ
26
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
@UZ_DXAUF
сегодня, 02:31
#kun_hikmati

Insoniylikning to‘rt fazilati

Marhamatda quyosh kabi, saxiylikda oqar suv kabi bo‘l, tavozeda tuproq kabi, nuqson va ayblarni berkitishda tun kabi bo‘l.

Jaloliddin RUMIY.
1 51
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Переслано от Yoshlar.edu.uz
вчера, 12:52
Yosh olima ayollar uchun maxsus loyiha

Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan “Yoshlar va ilm-fan” jurnali yosh tadqiqotchi xotin-qizlar o‘rtasida “Women in science” tanlovini e’lon qildi. Unda barcha xotin-qizlar o‘z maqolalari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Maqolalar @yoshlar_ilm_fan_bot manzili orqali quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:

Texnika fanlari;
Tabiiy fanlar;
Ijtimoiy-gumanitar fanlar.

Tanlov doirasida saralangan eng yaxshi maqolalar bepul nashr etiladi hamda g‘oliblar sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Qabul muddati: 2026-yil 25-avgustgacha

Bizni kuzating:

emojiInstagram* | YouTube | emojiTelegram
45
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Переслано от Yoshlar.edu.uz
вчера, 11:46
“Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi.

Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max;
🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google;
🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3;
🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin.

Batafsil ma’lumot olish
Viktorinada ishtirok etish

🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin.
🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
43
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Переслано от Edu.uz
вчера, 07:04
#Ogohlik #Rasmiy_munosabat

Fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz

Buxoroda fuqaroni bir yoʻla 4-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, undan 26 million soʻm olgan shaxs ushlangani haqida xabar tarqaldi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni oʻqishga kiritib qoʻyish, imtihon natijasini oʻzgartirish, oʻqishni koʻchirish yoki boshqa masalalarni pul evaziga hal qilib berishni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqiradi.

Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartib va mezonlarga ko‘ra, xususan, davlat va nodavlat oliygohlariga xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi.

Fuqarolardan taʼlim sohasidagi masalalarni "tanish-bilish" yoki pul evaziga hal qilib berishni taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan hushyor boʻlish, shaxsiy maʼlumotlar va mablagʻlarni bermaslik soʻraladi.

Shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari soʻraladi.

Eslatma: taʼlim olish huquqingizni firibgarlarga ishonib xavf ostiga qoʻymang. Rasmiy maʼlumotlarni faqat vazirlik va oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy manbalaridan oling.

Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishonch telefoni – 1006, anticor@edu.uz elektron pochta.

Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
47
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Переслано от Yoshlar.edu.uz
вчера, 05:01
#Eʼlon #Tanlov

Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi.

Eslatib otamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi:
Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim.
📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi.

📋 Tanlov nizomi

📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.

🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m;
🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan;
🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan;
🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan.

Bizni kuzating:

emojiInstagram* | YouTube | emojiTelegram
2 47
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
@UZ_DXAUF
вчера, 04:54



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda 2026-yil 24-fevral kuni Yoshlar bilan muloqoti doirasida belgilab berilgan ustuvor chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida
2026-yil 24-noyabr kuni Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi bilan birgalikda “MILLIY MADANIY MEROSNI ASRASH VA RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Anjumanda magistrantlar, iqtidorli talabalar, ilmiy izlanuvchilar hamda shu sohaga qiziquvchi yoshlar o‘z ilmiy izlanishlari bilan faol ishtirok qilishlari mumkin.

Ilmiy-amaliy anjumanda muhokama qilinadigan yo‘nalishlar:

Milliy raqs san’atining kelib chiqishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari.
O‘zbek milliy raqs maktablari va ularning o‘ziga xos ijro uslublari.
Milliy raqs san’atining xalq og‘zaki ijodi va an’anaviy madaniyat bilan bog‘liqligi.
Xoreografiya san’atida milliy an’analarni saqlash va rivojlantirish masalalari.
Milliy raqs san’atining zamonaviy sahna talqini va yangi ijodiy yo‘nalishlari.
Raqs san’atida sahna kompozitsiyasi, dramaturgiya va rejissura masalalari.
Xoreografiya ta’limida milliy raqs san’atini o‘qitish metodikasi.
Milliy raqs san’atida kostyum, sahna bezagi va estetik talqin.
Xoreografiya ta'limida innovatsion pedagogik texnologiyalar.
Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning raqs san’ati rivojiga ta’siri.
Xoreografiya san'atining tarixiy rivojlanish bosqichlari


       Konferensiyada ishtirok etish uchun hamda ilmiy maqolalaringiz  tashkiliy qо‘mita(@Iqtidorli_talabalar_muhandisi)ga 2026-yil 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) yo'llashingiz va murojaat qilishingiz mumkin.
Ishtirok etish shakli: offlayn, onlayn.
Konferensiyaning ishchi tillari: о‘zbek, rus, ingliz.
Konferensiya о‘tkaziladigan sanasi va vaqti: 2026-yil 24-noyabr, soat 10:00 da
Konferensiya о‘tkaziladigan joy: О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali (qo'shimcha tarzda e'lon qilinadi)




Axborot xati

OʻzDXA UF Matbuot xizmati
Telegram| Instagram*| YouTube|Facebook*| Sayt
3 110
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
@UZ_DXAUF
вчера, 03:37
#kun_hikmati

Yolg‘izlik

Ba’zan o‘zingni yolg‘iz his etasan.

Atrofingda hech kim bo‘lmaganligi uchun emas, o‘zing bilan birga bo‘lolmaganing uchun...

Shams TABRIZIY.

OʻzDXA UF Matbuot xizmati
Telegram| Instagram*| YouTube|Facebook*| Sayt
53
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Переслано от Madaniyat.uz I Rasmiy kanal
10.08.2026 08:50
#Tanlov

“Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovi o'tkaziladi!

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “Zamin Prof Art” bilan hamkorlikda: respublikamiz yoshlarini birlashtiruvchi “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!

Ushbu tanlov madaniyat va san’at sohasida ijod qilib kelayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish ularni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimizni yuksak darajalarga olib chiqish hamda ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Tanlov – vokal, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya, teatr aktyorligi hamda tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar lotin alifbosida (https://t.me/zaminprofart) maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘z arizalarini yuborishlari talab etiladi.

Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor va professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yuqori natijani qayd etgan Gran-pri sohiblari esa Dubay sayohatiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

Arizalar joriy yilning 1-sentyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun telefon +99894 368 65 65

Shoshiling joylar soni cheklangan.


TelegramInstagram*Facebook*Veb-sayt | YouTube | Mediabank
1 55
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
@UZ_DXAUF
10.08.2026 08:47
XALQARO TANLOVGA TAKLIF!

🎼 “P.I. Chaykovskiy vatanida” II Xalqaro bolalar va o‘smirlar tanlovi o‘tkaziladi.

🏆 Umumiy mukofot jamg‘armasi — 2 million rubldan ortiq!

🥇 Gran-pri — 1 million rubl!

Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi:
🔹 1-bosqich — onlayn saralash;
🔹 2-bosqich — joriy yilning oktabr oyida Rossiyaning Votkinsk shahrida o‘tkaziladigan final.

👥 Tanlovda 10 yoshdan 22 yoshgacha (22 yosh ham kiradi) bo‘lgan musiqachilar ishtirok etishlari mumkin.

📅 Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.

🎓 Musiqa yo‘nalishida tahsil olayotgan va tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chorlaymiz!

📌 Batafsil ma’lumot va ishtirok etish tartibi bo‘yicha tegishli manbalarga murojaat qilishingiz mumkin.

OʻzDXA UF Matbuot xizmati
Telegram| Instagram*| YouTube|Facebook*| Sayt
2 70
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Переслано от Yoshlar.edu.uz
10.08.2026 06:38
Ijaraga uy olishda ogoh bo‘ling!

Ijaraga uy izlayotganda firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun:
‼️Uy-joyni ko‘zdan kechirmasdan, ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan turib, oldindan pul o‘tkazib yubormang!


Bizni kuzating:

emojiInstagram* | YouTube | emojiTelegram
57
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
@UZ_DXAUF
10.08.2026 03:18
#kun_hikmati

Ilm - daraxt, mevasi - odob

Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga intiladi.

Ilm bir daraxt bo‘lsa, odob uning mevasidir. Odobsiz olim mevasiz daraxtdir!

Muhammadiy ZEHNIY.

OʻzDXA UF Matbuot xizmati
Telegram| Instagram*| YouTube|Facebook*| Sayt
1 65
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Переслано от Edu.uz
08.08.2026 09:49
⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin.

Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan.

Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida
ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish

➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida

Bizni kuzating

Facebook*
| Instagram* | YouTube | Telegram
18
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Переслано от Rasmiy axborot
08.08.2026 07:31
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh strategik sherikligi yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Donald Trampni AQSH mustaqilligining 250 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi.

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilayotgani, Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda hududlararo aloqalar kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Muloqotda global va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.

@Rasmiy_axborot_official17433
57
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
Переслано от Edu.uz
07.08.2026 21:04
⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin.

Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan.

Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida
ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish

➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida

Bizni kuzating

Facebook*
| Instagram* | YouTube | Telegram
57
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

183
Murojaat uchun: +998 77 224-50-55
Открыть в Telegram