#dolzarb_90_kun
2026-yil 12-avgust kuni O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali tomonidan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Tuproqqal’a tumanidagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida
“Tabiatni asraylik” nomli ekologik plogging tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida filial xodimlari maktab o‘quvchilari bilan birgalikda hududni obodonlashtirish va tozalash ishlarida faol ishtirok etdilar. Shuningdek, o‘quvchilar bilan tabiatni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish mavzularida samimiy suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida o‘quvchilarga tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, atrof-muhit tozaligini saqlash har bir insonning burchi ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir o‘quvchilarning ekologik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularda tabiatga mehr va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qildi.
OʻzDXA UF Matbuot xizmati
Telegram| Instagram*| YouTube|Facebook*| Sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram