avatar
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
@UZ_DXAUF
вчера, 04:54



O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda 2026-yil 24-fevral kuni Yoshlar bilan muloqoti doirasida belgilab berilgan ustuvor chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida
2026-yil 24-noyabr kuni Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi va Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi bilan birgalikda “MILLIY MADANIY MEROSNI ASRASH VA RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Anjumanda magistrantlar, iqtidorli talabalar, ilmiy izlanuvchilar hamda shu sohaga qiziquvchi yoshlar o‘z ilmiy izlanishlari bilan faol ishtirok qilishlari mumkin.

Ilmiy-amaliy anjumanda muhokama qilinadigan yo‘nalishlar:

Milliy raqs san’atining kelib chiqishi va tarixiy rivojlanish bosqichlari.
O‘zbek milliy raqs maktablari va ularning o‘ziga xos ijro uslublari.
Milliy raqs san’atining xalq og‘zaki ijodi va an’anaviy madaniyat bilan bog‘liqligi.
Xoreografiya san’atida milliy an’analarni saqlash va rivojlantirish masalalari.
Milliy raqs san’atining zamonaviy sahna talqini va yangi ijodiy yo‘nalishlari.
Raqs san’atida sahna kompozitsiyasi, dramaturgiya va rejissura masalalari.
Xoreografiya ta’limida milliy raqs san’atini o‘qitish metodikasi.
Milliy raqs san’atida kostyum, sahna bezagi va estetik talqin.
Xoreografiya ta'limida innovatsion pedagogik texnologiyalar.
Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning raqs san’ati rivojiga ta’siri.
Xoreografiya san'atining tarixiy rivojlanish bosqichlari


       Konferensiyada ishtirok etish uchun hamda ilmiy maqolalaringiz  tashkiliy qо‘mita(@Iqtidorli_talabalar_muhandisi)ga 2026-yil 20-noyabrga qadar (shu kuni ham) yo'llashingiz va murojaat qilishingiz mumkin.
Ishtirok etish shakli: offlayn, onlayn.
Konferensiyaning ishchi tillari: о‘zbek, rus, ingliz.
Konferensiya о‘tkaziladigan sanasi va vaqti: 2026-yil 24-noyabr, soat 10:00 da
Konferensiya о‘tkaziladigan joy: О‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali (qo'shimcha tarzda e'lon qilinadi)




Axborot xati

OʻzDXA UF Matbuot xizmati
Telegram| Instagram*| YouTube|Facebook*| Sayt
3 110
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

183
Murojaat uchun: +998 77 224-50-55
Открыть в Telegram