“Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovio'tkaziladi!
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda “Zamin Prof Art” bilan hamkorlikda: respublikamiz yoshlarini birlashtiruvchi “Marhabo, talantlar — 2026” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
Ushbu tanlov madaniyat va san’at sohasida ijod qilib kelayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish ularni qo‘llab-quvvatlash, milliy san’atimizni yuksak darajalarga olib chiqish hamda ijodkor yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Tanlov – vokal, cholg‘u ijrochiligi, xoreografiya, teatr aktyorligi hamda tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ijodkorlar lotin alifbosida (https://t.me/zaminprofart) maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va o‘z arizalarini yuborishlari talab etiladi.
Tanlovda 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor va professional ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yuqori natijani qayd etgan Gran-pri sohiblari esa Dubay sayohatiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.
Arizalar joriy yilning 1-sentyabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram