#Ogohlik #Rasmiy_munosabat
Fuqarolarni firibgarlardan ehtiyot boʻlishga chaqiramiz
Buxoroda fuqaroni bir yoʻla 4-kursdan oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, undan 26 million soʻm olgan shaxs ushlangani haqida xabar tarqaldi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi fuqarolarni
oʻqishga kiritib qoʻyish, imtihon natijasini oʻzgartirish, oʻqishni koʻchirish yoki boshqa masalalarni pul evaziga hal qilib berishni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmaslikka chaqiradi.
Oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonlari qonunchilikda belgilangan tartib va mezonlarga ko‘ra, xususan, davlat va
nodavlat oliygohlariga xorijiy oliygohlardan o‘qishni ko‘chirish
BMBA tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Fuqarolardan taʼlim sohasidagi masalalarni "tanish-bilish" yoki pul evaziga hal qilib berishni taklif qilayotgan shaxslarga nisbatan hushyor boʻlish,
shaxsiy maʼlumotlar va mablagʻlarni bermaslik soʻraladi.
Shuningdek, bunday holatlarga duch kelgan fuqarolardan
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari soʻraladi.
Eslatma: taʼlim olish huquqingizni firibgarlarga ishonib xavf ostiga qoʻymang. Rasmiy maʼlumotlarni faqat vazirlik va oliy taʼlim tashkilotlarining rasmiy manbalaridan oling.
Korrupsiyaga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Call-markazi – 1253
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Ishonch telefoni – 1006,
anticor@edu.uz elektron pochta.
Facebook* | Instagram* | YouTube | Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram