avatar
Yoshlar ishlari agentligi
@yoshlaragentligi
07.04.2026 17:27
⚡️Navbatdagi manzil – Xorazm: “Media haftalik” loyihasi o‘z ishini boshladi!

Qoraqalpog‘istonda yuzlab yoshlarni qamrab olgan ulkan loyiha karvoni endi Xorazmda! Kuni kecha viloyatda ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar, kontent yaratuvchilar hamda sohaga qiziquvchi yigit-qizlarni bir maydonga jamlagan “Media haftalik” o‘quv-seminarlari viloyat Yoshlar markazida start oldi.

Haftalik doirasida ishtirokchilar axborot makonidagi eng so‘nggi trendlar, xususan:

Sun’iy intellekt yordamida kreativ kontent yaratish;

Faktcheking va axborot xurujlariga qarshi kurashish;

Inqirozli vaziyatlarda to‘g‘ri kommunikatsiya o‘rnatish;

SMM strategiyalar hamda shaxsiy brendni shakllantirish kabi muhim yo‘nalishlarda tajribali va amaliyotchi e
kspertlardan saboq olishmoqda.

Ushbu loyiha nafaqat bilim va tajriba almashish maydoni, balki yoshlarimizning media sohasida mutlaqo yangi darajaga chiqishi vazifasini o‘taydi.

Xorazmda dars jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram Instagram YouTube Linkedin Veb sayt
27
👍 10
🏆 4
11 6 10.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 11

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar ishlari agentligi

245.9K
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

info@yoshlar.gov.uz

• ☎️ 1093

• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy

• gov.uz/yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Открыть в Telegram