avatar
Yoshlar ishlari agentligi
@yoshlaragentligi
04.04.2026 20:25
#Mediahaftalik

⚡️Axborot makonida yosh professionallarning yangi avlodi tayyorlanmoqda

Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi, Yoshlar ishlari agentligi va hamkor tashkilotlar bilan mamlakatimiz bo‘ylab start olgan keng miqyosli loyihaning dastlabki bosqichi Qoraqalpog‘istonning Orolbo‘yida 700 dan ortiq soha vakillarini jamladi.

Matbuot kotiblari, bosma va internet nashrlar vakillari, TV ijodkorlari, SMM mutaxassislari, bloger, mobilograf va vaynerlar alohida sessiyalarda maxsus ixtisosliklar bo‘yicha saboq oldi.

Sun’iy intellekt va neyrotarmoqlar
Mediada SI: kreativ kontent yaratish amaliyoti;

Antifeyk va faktcheking
Axborot xavfsizligi:
xurujlar va dezinformatsiyaga qarshi ilg‘or texnologiyalar;

Milliy media makonni muhofazalash
Inqirozli vaziyatlarda kommunikatsiya strategiyalari, tarmoqdagi sahifalar verifikatsiyasi;

Algoritmlar va vizual storitelling
Trendlar: organik qamrovni oshirish, auditoriya e'tiborini qozonish sirlari;

Innovatsion tasvir va montaj
Hujjatli film tayyorlash, zamonaviy uskunalardan foydalanish, dinamik
montaj usullari.

Seminarlar amaliyotchi media-ekspertlar, tajribali jurnalistlar, millionlab kuzatuvchilarga ega raqamli kontent ustalari tomonidan olib borildi.

Telegram Instagram YouTube Linkedin Veb sayt
57
👍 25
🔥 7
4
🤩 2
23 195 610.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 23

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar ishlari agentligi

245.9K
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

info@yoshlar.gov.uz

• ☎️ 1093

• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy

• gov.uz/yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Открыть в Telegram