avatar
Yoshlar ishlari agentligi
@yoshlaragentligi
27.03.2026 22:46
O‘zbekiston–Tojikiston yoshlar forumi

Xabar berganimizdek, O‘zbekiston va Tojikiston yoshlar tashkilotlari forumi doirasida qardosh mamlakatlar delegatsiyasi ishtirokchilari uchun sermazmun uchrashuvlar hamda taqdimotlar tashkil etildi.

Tadbir doirasida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni kengaytirish, yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning eng muhim yo'nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mehmonlar Agentlik huzurida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdilar.

Forum qatnashchilari “InnoTexnoPark” hamda “IT Park” majmualarida bo‘lib, yurtimizda innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi ulkan imkoniyatlarga guvoh bo‘ldilar.

Shu bilan birga, delegatsiya a’zolari uchun O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ylab maxsus ekskursiya uyushtirilib, qardoshlarimiz xalqimizning boy milliy merosi va tarixiy qadriyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Forum ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, yoshlar tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlik platformasini yaratishda muhim qadam bo‘lgani e’tirof etildi.

Telegram Instagram YouTube Linkedin Veb sayt
126
🔥 48
🏆 13
❤‍🔥 10
🕊 5
21 30 55.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 21

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar ishlari agentligi

245.9K
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

info@yoshlar.gov.uz

• ☎️ 1093

• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy

• gov.uz/yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Открыть в Telegram