Qardosh mamlakatlar yoshlarining hamkorlik va do‘stlik aloqalari kengaymoqda!
Ayni kunlarda
O‘zbekiston va Tojikiston yoshlar tashkilotlarining nufuzli forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu forumning tantanali
ochilish marosimi poytaxtimizdagi
Yoshlar ijod saroyida o‘tkazilib, qator sessiyalarda
ikki davlat yoshlar tashkilotlari vakillari o‘zlarining qiziqarli taqdimotlari bilan ishtirok etdilar.
Xususan, sessiyalar davomida quyidagi tashkilotlar
o‘z faoliyati va
istiqbolli takliflari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazdi:
“O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” hamda
“Tojikiston yoshlar ittifoqi”;
“O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi”;
“IT Park Uzbekistan” va
“IT Park Dushanbe”;
“Yoshlar ventures” jamg‘armasi;
Tojikistonning
“Tengdosh-tengdoshga” kabi tashkilotlar.
Forumdagi eng muhim voqealardan biri — ikki mamlakat o‘rtasida
2026–2027-yillarga mo‘ljallangan yoshlar tashkilotlari tashabbuslari va loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha maxsus
“Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, qardoshlik va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlovchi ushbu forum joriy yilning
27-mart kuniga qadar davom etadi.
�
Telegram
�
Instagram
�
YouTube
�
Linkedin
�
Veb sayt
Обсуждение 15
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram