⚡️
Mehnat yarmarkasidan ochiq muloqotgacha: Qashqadaryoda yoshlar siyosati amalda
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha
Respublika komissiyasi ishchi guruhining
Qashqadaryo viloyatidagi amaliy o‘rganishlari qizg‘in davom etmoqda.
Qarshi shahridagi
“Alisher Navoiy” nomidagi istirohat bog‘ida yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida
mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyatdagi
50 dan ortiq korxona va tashkilot o‘zlarining 2
mingdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan faol ishtirok etishdi. Yuzlab yigit-qizlar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha doimiy ishlarga yo‘llanma oldilar.
Shundan so‘ng, Yoshlar ishlari agentligi direktori
Alisher Sa’dullayev boshchiligida viloyatdagi
o‘quv markazlari,
nashriyotlar hamda
kitob do‘konlari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Samimiy va amaliy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda hududda kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish borasidagi foydali takliflar atroflicha muhokama qilindi.
Muloqot yakunida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tashabbuskor yosh tadbirkorlarni amaliy qo‘llab-quvvatlash maqsadida
“Ko‘mak” loyihasi doirasida
130 million so‘mlik vaucherlar topshirildi.
Hududlardagi o‘rganishlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etadi!
�
Telegram
�
Instagram
�
YouTube
�
Linkedin
�
Veb sayt
Обсуждение 25
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram