avatar
Yoshlar ishlari agentligi
@yoshlaragentligi
23.03.2026 19:14
⚡️Respublika komissiyasi Qashqadaryoda

Yoshlar muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularga yaratilgan imkoniyatlarni keng yetkazish maqsadida tuzilgan Respublika komissiyasi ishchi guruhi o‘z faoliyatini Qashqadaryo viloyatida boshladi.

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahridagi “Gungon” va “Beklar” mahallalarida bo‘ldi. U yerda yoshlar yetakchilari faoliyati, mahalla binosida joylashgan nemis tiliga ixtisoslashgan o‘quv markazi hamda “Marwa” kitob do‘koni ish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

Qarshi tumanidagi “Bunyodkor” mahallasida yoshlar yetakchisi tavsiyasi bilan yosh tadbirkor Ulug‘bek O‘rinovga 2 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. Natijada hududda zamonaviy “Gold Medical” xususiy klinikasi o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu klinika aholiga tez va sifatli xizmat ko‘rsatish barobarida, mahalladagi 16 nafar yoshning bandligini ta’minladi.

Shuningdek, Qarshi tumanidagi “Kaxlak” mahallasida mehnat migratsiyasidan qaytgan 10 nafar yoshga dehqonchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun 5 gektar unumdor yer maydoni ajratib berilgan. Ishchi guruh a’zolari ushbu yoshlar bilan uchrashib, ularning mehnat faoliyati, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Telegram Instagram YouTube Linkedin Veb sayt
👍 56
47
🎉 9
8
🏆 4
47 70 35.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 47

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yoshlar ishlari agentligi

245.9K
Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi

info@yoshlar.gov.uz

• ☎️ 1093

• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy

• gov.uz/yoshlar

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi
Открыть в Telegram