avatar
Xushnudbek.uz
@xushnudbek
24.12.2025 15:54
❗️2025-yilda sababsiz to‘xtab qolgan yaxshi an’ana yana tiklandi: o‘zbekistonliklar yil davomidagi barcha qo‘shimcha dam olish kunlarini oldindan biladigan bo‘ldi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yilda nafaqat Yangi yil, balki boshqa bayramlarda ham qo‘shimcha hamda ko‘chirilgan dam olish kunlari oldindan belgilandi.

Unga ko‘ra, 2026-yilda:

🔹 Qo‘shimcha dam olish kunlari:

➖ barcha xodimlar uchun (ish haftasining turidan qat’i nazar): 2-yanvar – juma, 28-may – payshanba, 29-may – juma, 31-avgust – dushanba;

➖ olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun: 3-yanvar – shanba, 30-may – shanba, 31-dekabr – payshanba.

🔹 Bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani uchun ko‘chiriladigan dam olish kuni:

8-mart – Xotin-qizlar kuni bayrami 2026-yilda yakshanba – dam olish kuniga va 21-mart – Navro‘z bayrami hamda 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayramlari besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun shanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kunlari mos ravishda 2026-yil 9-mart, 23-mart va 11-may – dushanba kunlariga ko‘chirildi.

🔹 5 kunliklar uchun ko‘chiriladigan dam olish kuni:

Besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 2026-yilda 12-dekabr – shanba kunidan 31-dekabr – payshanba kuniga ko‘chirildi. Ya’ni 5 kunliklar 2026-yil 12-dekabr (shanba) ishga chiqadi, evaziga 31-dekabr (payshanba) dam oladi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: yil davomidagi dam olish kunlarini hali yil boshlanmasdan e’lon qilinadigan 7 yillik yaxshi an’ana negadir 2025-yilda to‘xtab qolgani haqida avval ham bir necha marta yozgan edik (1, 2, 3, 4, 5). Xayriyatki, bu an’ana butunlay to‘xtatilmagan ekan, 2026-yilda yana davom ettiriladigan bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈
Telegram
Xushnudbek.uz
❓Endi ketma-ket 4-5 kunlab dam olmaymizmi? Aytgancha, har yilgi an’anaga ko‘ra, yil oxirida Prezident farmoni bilan kelgusi yil uchun qo‘shimcha dam olish kunlari oldindan ma’lum qilinar edi. Ammo joriy yilda faqat Yangi yil bayrami uchun qo‘shimcha dam olish kuni e’lon qilindi xolos. Negadir 2025-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida farmon chiqmadi (maxfiy chiqmagan bo‘lsa, albatta). Ochig‘i, bu nimadan dalolat ekanligini bilmadim. 2025-yilda Navro‘z, Mustaqillik, Hayit bayramlari arafasida oldingidek ketma-ket 4-5 kunlab dam olish bo‘lmaydimi endi? Yoki har bayramdan oldin alohida-alohida qarorlar chiqadimi? Unda bu noqulay-ku. Chunki dam olish kunlarini yil oxirida tasdiqlab qo‘yishdan asosiy maqsad, ichki turizmni rivojlantirish edi. Aholi oldindan rejasini qilib, biletlarini olib, mehmonxonalarni band qilsin, degan ezgu g‘oya bor edi va bu bir necha yil davomida samarasini berdi. Endi nega bu amaliyotdan voz…
6.8K 454.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Xushnudbek.uz

640.4K
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning kanaliga xush kelibsiz!

O‘ta shaxsiy kanal: @xushnudbekuz

•instagram*.com/xushnudbek

•youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

•x.com/xushnudbeck

•tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram