❓
Mustaqillik bayramida necha kun dam olinadi?
✅
JAVOB: Mustaqillik bayramida
faqat 1 kun —
1-sentyabr, dushanba kuni dam olinadi.
Qo’shimcha yoki ko’chirilgan dam olish kunlari yo’q, deb
xabar bermoqda Bandlik vazirligi.
Shanba va yakshanba kunlari esa
odatiy rejim bo’ladi, ya’ni 5 kunliklar shanba va yakshanba kuni dam oladi, 6 kunliklar esa faqat yakshanba kuni dam oladi.
Demak:
✅❌
30-avgust (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅✅
31-avgust (yakshanba) — hammaga odatiy dam;
✅✅
1-sentyabr (dushanba) — Mustaqillik bayrami, hammaga dam.
P.S.: afsuski, 7 yillik yaxshi an’ana buzilib, joriy yilda dam olish kunlari yil boshlanishidan oldin e’lon qilinmadi. Masalan, Navro‘z bayramida ham, Ramazon hayitida ham
qo‘shimcha dam olish kuni berilmadi. Birgina Qurbon hayitida shanba kuni (7-iyun) faqat 6 kunliklar uchun dam olish kuni sifatida e’lon qilindi.
Shundan kelib chiqilsa, balki
30-avgust (shanba)ni ham 6 kunliklar uchun dam olish qilinsa, yomon bo’lmasdi. Mayli, avvalgi yillardagi kabi xodimlarga ketma-ket 5 kunlab dam olish endi berilmasa ham, hech bo’lmasa, 5 kunlik va 6 kunliklar uchun bir xil sharoit yaratilsa, maqsadga muvofiq bo’lardi.
Har holda Mustaqillik bayrami kichkina bayram emas, shiorlarda aytilganidek,
“eng ulug’, eng aziz” bayramimiz axir.
👉
@xushnudbek 👈
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram