avatar
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
@uzmahallalari
23.07.2026 13:01
Sharh: «Raqamli mahalla» platformasi takomillashtirilmoqda

Mahallaga aholi tomonidan turli muammolar bo‘yicha murojaatlar kelib tushadi. Ammo ba’zi holatlarda murojaatning tegishli tashkilotga yetib borishi yoki o‘z vaqtida hal qilinishi cho‘zilib ketishi mumkin.

Endilikda bunday holatlarning oldini olish uchun «Raqamli mahalla» platformasi yanada takomillashtirilmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
emojiTelegram emojiInstagram* emojiYouTube Facebook*
🔥 5
👍 2
👏 1
17 3.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
@uzmahallalari
23.07.2026 10:14
Hurmatli mahalladoshlar!

Ayni paytda “Tashabbusli budjet” (Open budjet) jarayonida loyihalarni kiritish bosqichi davom etmoqda. Ushbu loyiha orqali ko‘plab mahallalar obod bo‘lib, yo‘llar va maktablar ta’mirlanmoqda. Biroq bu jarayonda g‘olib bo‘lish oson emas.

Shu sababli mahalla aholisining e’tibori “Sheriklik” loyihalariga qaratilmoqda. Joriy yildan boshlab, agar loyiha qiymatining yarmini aholi yig‘sa, qolgan qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Bunday loyiha ovoz to‘plash jarayonida ishtirok etmasdan g‘olib deb topiladi.

Bu imkoniyat mahalladagi qiymati 50–100 million so‘m bo‘lgan kichikroq loyihalarni amalga oshirish uchun juda qulay.

Masalan:

Trotuar qurish;
Ko‘chalarga yoritish chiroqlari o‘rnatish;
Ichimlik suvi tarmog‘ini tortish;
Transformatorni almashtirish;
Elektr ustunlarini o‘rnatish.


Bunday loyihalarni minglab ovoz to‘plamasdan ham amalga oshirish mumkin. Shu imkoniyatdan foydalanib, mahalla fuqarolari o‘zaro maslahatlashgan holda ko‘cha va mahalladagi yirik bo‘lmagan, ammo dolzarb loyihalarni amalga oshirishlari mumkin.

Loyihalarni kiritishning oxirgi muddati — 3-avgust. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermay, mahalla ravnaqi uchun birlashish lozim! Loyiha kiritish tartibi bilan ushbu qo‘llanma orqali tanishish mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
emojiTelegram emojiInstagram* emojiYouTube Facebook*
👍 3
🔥 3
👏 2
8 3.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
@uzmahallalari
23.07.2026 08:11
Zakovat kuchi, mahalla ruhi va avlodlar uchrashuvi: Navoiyda "Rais kubogi" boʻlib oʻtdi!

Navoiy shahrida intellektual salohiyat va doʻstona raqobatni oʻzida mujassam etgan haqiqiy mantiq bayrami oʻtkazildi. Oʻzbekiston mahallari uyushmasi raisi kubogi doirasidagi "Zakovat" intellektual oʻyinining shahar bosqichi yorqin va murosasiz bahslarga boy boʻldi.

Turnirning eʼtiborli va quvonarli jihatlari:

100 foizlik koʻrsatkich: Shahardagi barcha 33 ta mahalla jamoalari toʻliq tarkibda qatnashib, oʻz hududlarining bilim va mantiqiy salohiyatini namoyon etishdi.

Avlodlar davomiyligi:
Musobaqaning eng hayajonli lahzalari — nursimon otaxonlarimiz va duogʻuy onaxonlarimizning yoshlar bilan bir safda, faol va shijoat bilan bilagʻonlik qilgani boʻldi. Nuroniylarimizning hayotiy tajribasi va teran mantiqi bellashuvga alohida fayz bagʻishladi.


Murosasiz kechgan savol-javoblar yakuniga koʻra gʻoliblar aniqlanib, munosib taqdirlandilar. Ushbu musobaqa nafaqat bilimlar bellashuvi, balki mahallalar oʻrtasidagi ahillik va hamjihatlikni yanada mustahkamlagan haqiqiy maʼnaviyat bayramiga aylandi.

Bizning sahifalarimiz:
emojiTelegram emojiInstagram* emojiYouTube Facebook*
👍 7
7 3.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
@uzmahallalari
23.07.2026 05:42
O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi 2 yillik rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochiladi

24-iyul kuni soat 10:00 da muzeyning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

1876-yilda tashkil etilgan muzey bu yil o‘zining 150 yillik yubileyini nishonlaydi. Muzey fondida 350 mingdan ortiq tarixiy eksponat saqlanadi.

Shuningdek, 24–26-iyul kunlari “Ochiq eshiklar kuni” doirasida O‘zbekiston fuqarolari muzeyga bepul kirishi mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
emojiTelegram emojiInstagram* emojiYouTube Facebook*
👍 6
15 7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
@uzmahallalari
22.07.2026 06:21
⚡️Ayol-qizlarimiz uchun muhim yangilik!

Yoshlar ishlari agentligining “Qizlar akademiyasi” loyihasi tomonidan xotin-qizlarimiz uchun o‘z sohasining tajribali mutaxassislaridan bepul bilim va esdalik sovg‘alarga ega bo‘lish imkoniyati taqdim etilmoqda.

“Fokus: O‘zingda” marafoni sizga 6 nafar o’z sohasining kuchli mutaxassislari tomonidan ekslyuziv darslarda ishtirok etish, qimmatbaho sovg‘alar va maxsus sertifikatlarga ega bo‘lish imkoniniyatini taqdim etadi!

Marafonda qatnashish mutlaqo bepul va yosh chegaralanmagan! @QizlarAkademiyasiMarafonBot

Bizning sahifalarimiz:
emojiTelegram emojiInstagram* emojiYouTube Facebook*
👍 4
👏 3
23 6.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali
@uzmahallalari
21.07.2026 14:45
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, “Qizlar ovozi” hamda Dizaynerlar klubi hamkorligida tashkil etilgan “Moda yo‘li” respublika ko‘rik-tanlovida ishtirok etish uchun yuborilgan arizalar soni 22 mingga yaqinlashdi.

Bizning sahifalarimiz:
emojiTelegram emojiInstagram* emojiYouTube Facebook*
👍 7
🔥 2
👏 2
10 5.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi rasmiy kanali

32.5K
O'zbekiston mahallalari uyushmasining rasmiy Telegram sahifasi

• mahallas.uz

• ☎️ 1276

• Istiqlol ko‘chasi, 51-uy

info@mahallas.uz

Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
https://taplink.cc/uzmahallalari1
Открыть в Telegram