“Tashabbusli budjet”ning 10-mavsumi boshlanmoqda
Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.
Bunda:
1–20-fevral kunlari loyihalarni kiritish;
21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash;
8–10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi;
11–20-mart kunlari ovoz berish bosqichi;
21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar
21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.
Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!
#tashabbusli_budjet #open_budget
Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | Х
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram