Zakovat kuchi, mahalla ruhi va avlodlar uchrashuvi: Navoiyda "Rais kubogi" boʻlib oʻtdi!
Navoiy shahrida intellektual salohiyat va doʻstona raqobatni oʻzida mujassam etgan haqiqiy mantiq bayrami oʻtkazildi.
Oʻzbekiston mahallari uyushmasi raisi kubogi doirasidagi "Zakovat" intellektual oʻyinining shahar bosqichi yorqin va murosasiz bahslarga boy boʻldi.
Turnirning eʼtiborli va quvonarli jihatlari:
100 foizlik koʻrsatkich: Shahardagi barcha 33 ta mahalla jamoalari toʻliq tarkibda qatnashib, oʻz hududlarining bilim va mantiqiy salohiyatini namoyon etishdi.
Avlodlar davomiyligi: Musobaqaning eng hayajonli lahzalari — nursimon otaxonlarimiz va duogʻuy onaxonlarimizning yoshlar bilan bir safda, faol va shijoat bilan bilagʻonlik qilgani boʻldi. Nuroniylarimizning hayotiy tajribasi va teran mantiqi bellashuvga alohida fayz bagʻishladi.
Murosasiz kechgan savol-javoblar yakuniga koʻra gʻoliblar aniqlanib, munosib taqdirlandilar. Ushbu musobaqa nafaqat bilimlar bellashuvi, balki mahallalar oʻrtasidagi ahillik va hamjihatlikni yanada mustahkamlagan haqiqiy maʼnaviyat bayramiga aylandi.
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
Instagram*
YouTube Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram