O'zbekiston tarixi davlat muzeyi qayta ochilmoqda!!!
Qariyb 2 yil davom etgan rekonstruksiya jarayonlaridan so'ng O'zbekiston tarixi davlat muzeyi yana tashrifchilarni qabul qilishni boshlaydi
O'zbekiston tarixi davlat muzeyi 1876-yilda tashkil etilgan bo'lib, bu yil o'zining 150 yillik yubileyini nishonlash arafasida. Ushbu muzey yurtimiz tarixini ko'ptarmoqli sohalararo keng yorituvchi yurtimizdagi yagona muzey hisoblanadi. O'zining uchyuz ellik mingdan ziyod tarixiy buyumlardan iborat xazinasi bilan O'zbekiston tarixi davlat muzeyi nafaqat yurtimiz balki Markaziy Osiyodagi eng boy madaniy maskanlardan biri hisoblanadi.
Ochilish marosimi 2026-yil 24-iyul kuni 10:00da bo'lib o'tadi.
Shuningdek, 24-25-26-iyul kunlari O'zbekiston tarixi davlat muzeyida "
Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari doirasida yurtimiz fuqarolari uchun bepul tashriflar tashkil etiladi.
Barchangizni O'zbekiston tarixi davlat muzeyida kutib qolamiz!!
Murojaat uchun: +998 (71) 239 17 79
history-museum.uz
Bizni kuzatib boring👇
Telegram
|Websayt
Facebook*
|YouTube
|Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram