avatar
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
@urbanizatsiyaqomitasi
вчера, 14:34
Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Shaharsozlik sohasiga oid huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida birinchi o‘qishda ma'qullandi.

Telegram|Facebook*| Instagram* |Youtube
👍 1
1 490
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
@urbanizatsiyaqomitasi
10.08.2026 12:42
#OAV_biz_haqimizda

"O‘zbekiston 24" telekanalida shaharsozlikda amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar haqida ko‘rsatuv efirga uzatildi.

Ko‘rsatuvni Youtube sahifamizda to‘liq ko‘rishingiz mumkin.

Telegram|Facebook*| Instagram* |Youtube
👍 3
🔥 3
2
👏 1
👌 1
1 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
@urbanizatsiyaqomitasi
07.08.2026 11:19
#brifing
#eskrou
#qonun_loyihasi

Endi ulushli qurilishda fuqarolarning aldanib qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Ko‘p kvartirali uylarni va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Qonun loyihasiga ko‘ra:

🔹fuqarolarning pul mablag‘lari to‘g‘ridan to‘g‘ri quruvchi ixtiyorida emas, balki banklarda ochiladigan eskrou hisobvarag‘i orqali saqlanadi;

🔹qurilish belgilangan talablar asosida amalga oshirilib, obyekt foydalanishga topshirilganidan keyin mablag‘lar quruvchiga o‘tkaziladi;

🔹quruvchi (developer) faqat qonunda belgilangan talablarga javob bergan, Yagona axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan, vakolatli bank bilan bosh bitim tuzgan va loyiha deklaratsiyasini e’lon qilgan taqdirdagina aholi mablag‘larini jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi;

🔹Ulushli ishtirok etish shartnomasi notarial tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;

🔹quruvchi qonun talablariga zid ravishda fuqarolar mablag‘larini jalb qilgan taqdirda, ulushdor ushbu mablag‘larni qaytarishni va ulardan foydalanilganlik uchun foiz to‘lanishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi;

🔹zarur hollarda vakolatli bankni yoki quruvchini almashtirish, qurilishning uzluksiz moliyalashtirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy mexanizmlar yaratilmoqda;

🔹ulushli qurilishga oid ma’lumotlarning Yagona axborot tizimida joylashtirilishi ta’minlanadi. Bu fuqarolarga quruvchi, qurilish obyekti va loyihaning amalga oshirilishi haqidagi muhim ma’lumotlar bilan ochiq tanishish imkonini ta’minlaydi.

Telegram|Facebook*| Instagram* |Youtube
👍 13
9
🔥 4
👏 4
1
87 11.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
@urbanizatsiyaqomitasi
07.08.2026 10:38
2040-yilga qadar aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha uy-joy maydoni 23 kvadrat metrga yetkaziladi

Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi tomonidan “Yuksalish” harakati bilan hamkorlikda aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi ijrosi va ipoteka kreditlari ajratilishi holatiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Orifjon Fayziyev ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot bedi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda uy-joy qurilishi hajmi barqaror oʻsib bormoqda. Xususan, oʻtgan 2025-yilda respublika boʻyicha 15,9 mln kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, 2040-yilga qadar yillik uy-joy qurilishi hajmini 280 mingta xonadonga, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha uy-joy maydonini esa 23 kvadrat metrga yetkazish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual va Xalq qabulxonalariga 2025-yilda uy-joy bilan bogʻliq masalalar boʻyicha 41 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Yigʻilishda ipoteka kreditlarini uzoq muddatga ajratishni ragʻbatlantirish, kreditlarning maksimal miqdorini bozor narxlaridan kelib chiqib belgilash, majburiy sugʻurta, mulkni baholash va notarial toʻlovlarni kamaytirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Batafsil

Telegram|Facebook*| Instagram* |Youtube
👍 3
2
1
🔥 1
15 6.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
@urbanizatsiyaqomitasi
04.08.2026 12:33
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kadastr agentligi faoliyatini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish, aholi va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni soddalashtirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по организации деятельности Агентства по кадастру на основе новых подходов, а также упрощению услуг, оказываемых населению и предпринимателям.

Telegram|Facebook*| Instagram* |Youtube
👍 6
3
2
47 2.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
@urbanizatsiyaqomitasi
01.08.2026 12:54
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi Ekspertlar kengashining navbatdagi muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
_________________

Сегодня состоялось очередное заседание Экспертного совета Национального комитета по устойчивому развитию урбанизации и рынка жилья

Telegram|Facebook*| Instagram* |Youtube
👍 5
🔥 4
1
19 1.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
@urbanizatsiyaqomitasi
30.07.2026 04:39
#OAV_biz_haqimizda

"Sevimli" telekanali "Zamon" dasturida “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasi haqida lavha efirga uzatildi.
____________

#СМИ_о_нас

На телеканале «Sevimli» в программе «Zamon» вышел сюжет, посвящённый обсуждению проекта Закона «О строительстве многоквартирных домов и иных объектов недвижимости на основе долевого участия».

Telegram|Facebook*| Instagram* |Youtube
👍 4
2
1
🔥 1
9 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
@urbanizatsiyaqomitasi
29.07.2026 16:58
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yangi uy-joylarni xarid qilishda eskrou tizimini joriy qilinishi bilan bog'liq masalalar keng muhokama qilinmoqda.

Xususan, eskrou joriy qilinishi natijasida uy-joylar narxini oshishi haqida ayrim mutaxassislarning muhokama paytida bildirgan subyektiv fikrlari e'lon qilinyapti.

Shu o'rinda iqtisodchi Otabek Bakirov masalani obyektiv tahlil qilganini ko'rishimiz mumkin. Quyida uning fikrlari:

«Birinchidan, agar bozor yetarli darajada raqobatli bo‘lsa, takliflar oshib borishi sharoitida, tannarx ko‘tarilgani bilan, narxlar o‘zgarmay qolishi mumkin. Ha, quruvchining marjasi kamayadi (shartli aytganda 70-80% emas, 65-70%gacha tushar). Banklar eskrou hisobvaraqlarida jamlangan mablag‘larni resurs o‘laroq ishlatib, kam marja bilan quruvchining o‘zini moliyalashtiradi.

Ikkinchidan, mas’ullarimiz esdan chiqarayaptiki, ulush kiritish asosidagi eskrou tizimida ulushdorning pul kiritish bilan huquqi paydo bo‘ladi. Bu huquq sotilishi, hadya qilinishi, almashinini, garovga qo‘yilishi mumkin. Ya’ni u tan olingan aktivga aylanadi. Bozorda taklif keskin kengayadi, nafaqat birlamchi va ikkilamchi bozordagi tayyor uylar taklifi, yana ulushlar taklifi ham.

Uchinchidan, uy-joy bozorida narxlarning o‘zgarishi bosh omillari har doim talab qismida daromadlar bilan, taklif qismida qurilish hajmi bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Vaqtinchalik, bir martalik, texnik, tranzaksion omillar bilan emas, eng avvalo mana shu fundamental kesimda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar bo‘yicha tadqiqotlarni ko‘paytirish va ularning natijalariga suyanish kerak bo‘ladi.»

Telegram|Facebook*| Instagram* |Youtube
👍 5
2
1
👌 1
12 6.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
@urbanizatsiyaqomitasi
29.07.2026 09:20
#OAV_biz_haqimizda

"O‘zbekiston 24" telekanalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida muhokama qilingan “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlarini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shokirjon Ahmedov qonun loyihasining ahamiyati haqida fikr bildirdi.
_________________________

#СМИ_о_нас

На телеканале «O‘zbekiston 24» вышел сюжет о проекте Закона «О строительстве многоквартирных домов и иных объектов недвижимости на основе долевого участия», который был рассмотрен на заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса.

В сюжете депутат Законодательной палаты Олий Мажлиса Шокиржон Ахмедов отметил значимость данного законопроекта.

Telegram|Facebook*| Instagram* |Youtube
1
👍 1
5 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi

2.1K
O'zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo'mitasining rasmiy telegram kanali
Открыть в Telegram