Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yangi uy-joylarni xarid qilishda eskrou tizimini joriy qilinishi bilan bog'liq masalalar keng muhokama qilinmoqda.
Xususan, eskrou joriy qilinishi natijasida uy-joylar narxini oshishi haqida ayrim mutaxassislarning muhokama paytida bildirgan subyektiv
fikrlari e'lon qilinyapti.
Shu o'rinda
iqtisodchi Otabek Bakirov masalani obyektiv tahlil qilganini ko'rishimiz mumkin. Quyida uning fikrlari:
«
Birinchidan, agar bozor yetarli darajada raqobatli bo‘lsa, takliflar oshib borishi sharoitida, tannarx ko‘tarilgani bilan, narxlar o‘zgarmay qolishi mumkin. Ha, quruvchining marjasi kamayadi (shartli aytganda 70-80% emas, 65-70%gacha tushar). Banklar eskrou hisobvaraqlarida jamlangan mablag‘larni resurs o‘laroq ishlatib, kam marja bilan quruvchining o‘zini moliyalashtiradi.
Ikkinchidan, mas’ullarimiz esdan chiqarayaptiki, ulush kiritish asosidagi eskrou tizimida ulushdorning pul kiritish bilan huquqi paydo bo‘ladi. Bu huquq sotilishi, hadya qilinishi, almashinini, garovga qo‘yilishi mumkin. Ya’ni u tan olingan aktivga aylanadi. Bozorda taklif keskin kengayadi, nafaqat birlamchi va ikkilamchi bozordagi tayyor uylar taklifi, yana ulushlar taklifi ham.
Uchinchidan, uy-joy bozorida narxlarning o‘zgarishi bosh omillari har doim talab qismida daromadlar bilan, taklif qismida qurilish hajmi bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Vaqtinchalik, bir martalik, texnik, tranzaksion omillar bilan emas, eng avvalo mana shu fundamental kesimda qisqa, o‘rta va uzoq muddatli prognozlar bo‘yicha tadqiqotlarni ko‘paytirish va ularning natijalariga suyanish kerak bo‘ladi.»
Telegram|
Facebook*|
Instagram* |
Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram