avatar
Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi
@urbanizatsiyaqomitasi
07.08.2026 10:38
2040-yilga qadar aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha uy-joy maydoni 23 kvadrat metrga yetkaziladi

Oliy Majlis Senatining Budjet va iqtisodiy masalalar qoʻmitasi tomonidan “Yuksalish” harakati bilan hamkorlikda aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturi ijrosi va ipoteka kreditlari ajratilishi holatiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Orifjon Fayziyev ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot bedi.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda uy-joy qurilishi hajmi barqaror oʻsib bormoqda. Xususan, oʻtgan 2025-yilda respublika boʻyicha 15,9 mln kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, 2040-yilga qadar yillik uy-joy qurilishi hajmini 280 mingta xonadonga, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha uy-joy maydonini esa 23 kvadrat metrga yetkazish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual va Xalq qabulxonalariga 2025-yilda uy-joy bilan bogʻliq masalalar boʻyicha 41 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Yigʻilishda ipoteka kreditlarini uzoq muddatga ajratishni ragʻbatlantirish, kreditlarning maksimal miqdorini bozor narxlaridan kelib chiqib belgilash, majburiy sugʻurta, mulkni baholash va notarial toʻlovlarni kamaytirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Batafsil

Telegram|Facebook*| Instagram* |Youtube
👍 3
2
1
🔥 1
15 6.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Urbanizatsiya va uy-joy bozori milliy qo'mitasi

2.1K
O'zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo'mitasining rasmiy telegram kanali
Открыть в Telegram