avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
02.06.2026 05:53
#Bilasizmi

⁉️ Hurmatli haydovchilar!
Uydan chiqmay turib, bir qancha davlat xizmatlarini onlayn tarzda amalga oshirish mumkinligini bilasizmi?

Haydovchilar uchun eng kerakli xizmatlar - endi my.gov.uz da.

Batafsil videorolikda

📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz:👇
Telegram | Facebook* | Veb sayt | Instagram* | YouTube
2 527
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Poytaxt_adliya
Переслано от ADLIYA YANGILIKLARI
01.06.2026 07:51
#Adliya_xabari

“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berildi

📅 Joriy yilning 25-mayidan 25-iyuniga qadar Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

🔹 Aksiya doirasida bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, buzilgan huquqlarini tiklash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib boriladi.

🔹 Shuningdek:
✅ sayyor qabullar va “Adliya kuni” tadbirlari;
✅ “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari;
✅ huquqiy targ‘ibot tadbirlari va seminar-treninglar;
✅ “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkalari;
✅ bolalar va yoshlarni qiynayotgan huquqiy muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil etiladi.

📌 Aksiya davomida bolalar va yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam ko‘lamini kengaytirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram* | 🔵Facebook* | 📱YouTube | Bot
229
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
26.05.2026 10:38
#Bilasizmi

Uy-joy xaridida aldanib qolmaslik uchun nimalarga e'tibor berish kerak? Muhim 6 ta savolga javob

Batafsil videorolikda👆

Telegram | Facebook* | Veb sayt | Instagram* | YouTube
5 471
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
26.05.2026 09:31
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi texnik xodimi aniqlandi

✅ Toshkent shahar adliya boshqarmasi Kadrlar bo'yicha inspektori Mahmudov Hasan Sherzod o‘g‘li 2026-yilning aprel oyi uchun oyning eng yaxshi texnik xodimi deb topildi.

✅Hasan Mahmudov 2025-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan.

✅H.Mahmudov Toshkent shahar adliya boshqarmasida mehnat faoliyatini 2025-yilda boshlab, boshqarma Kadrlar bo'yicha inspektori vazifasida ishlab kelmoqda.

✅Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi H.Mahmudovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g'ayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

Telegram | Facebook* | Veb sayt | Instagram* | YouTube
👍 7
🔥 2
🎉 2
14 498
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
26.05.2026 09:31
#Adliya_xabari

Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi

✅Toshkent shahar adliya boshqarmasi Moliya-iqtisod sho'basi boshlig'i Abduraxmanov Sanjar Abdusaidovich 2026-yilning aprel oyi uchun oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.

✅Sanjar Abduraxmanov 2013-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.

✅S.Abduraxmanov adliya organlarida mehnat faoliyatini 2018-yilda Toshkent shahar adliya boshqarmasi bosh buxgalter o'rinbosari, Moliya-iqtisod bo'limi boshlig'i o'rinbosari, 2018-2023-yillarda Moliya-iqtisod bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishlagan. 2023-yil mart oyidan buyon boshqarma Moliya-iqtisod sho'basi boshlig'i lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.

✅Adliya boshqarmasi jamoasi S.Abduraxmanovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh bo'lishini tilaydi.

Telegram | Facebook* | Veb sayt | Instagram* | YouTube
👍 8
🔥 2
🎉 1
6 413
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
26.05.2026 08:53
#Bilasizmi

❗️Qonunchilikka ko‘ra, oylik (ish haqi) to‘lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to‘g‘ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to‘lanishi kerak.

▶️ Oylik olish vaqti kechiktirilsa kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi kerak.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
348
avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
26.05.2026 07:42
“Inson va qonun” gazetasining navbatdagi sonida Mirzo Ulug'bek tumani adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi direktori Zebinisa Xakimovaning “Inson hayotiga qasd - eng og'ir jinoyat” mavzusida;

Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Dilrux Djavliyevning O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonuni 59-moddasi mazmun-mohiyati yuzasidan beilgan savolga huquqiy tushuntirish bergan maqolalari chop etildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz:👇
Telegram | Facebook* | Veb sayt | Instagram* | YouTube
2026-21 InsonVaQonun.pdf
44.8 МБ
👍 2
4 412
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
26.05.2026 07:07
#adliya_xabari
#Yakkasaroy_tumani
 
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda
 
“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Prezident qarori ijrosi yuzasidan, Yakkasaroy tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” tomonidan uchta oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi. Muhokamada tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Rasulmuxamedova, tuman 1-son FHDY bo‘limi mudirasi L.Maxmudbekova hamda diniy idora vakillari ishtirok etib, har bir oila bilan individual yondashuv asosida ishlashga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida oilalarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklarning sabab va omillari muhokama qilinib, tomonlarga muhim tavsiyalar berildi.

Telegram | Facebook* | Veb sayt | Instagram* | YouTube
1 320
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
26.05.2026 04:08
#Bilasizmi

✅ Qonunchilikka ko'ra, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

➡️ Agar ishni qisqartirish imkoni bo'lmasa (masalan, uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda) ortiqcha ishlaganlik uchun xodimga qo'shimcha dam olish vaqti beriladi yoki o'sha vaqt uchun 2 hissa haq to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
@huquqiyaxborot_lotin
2 371
avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
25.05.2026 14:17
👍 3
1 385
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
25.05.2026 13:46
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Toshkent_shahar

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi 4-majlisi bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulxakim Eshmuratov hamda hududiy kengash a'zolari, tuman hokimlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
 
Yig‘ilishda, “E-qaror” tizimi orqali qabul qilingan qarorlar yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Xudoyorov axborot taqdim etdi.
 
Majlis yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning hamkorligini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi hamda tizimda ochiqlikni yanada kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimiz 👇
Telegram | Facebook* | Veb sayt | Instagram* | YouTube
👍 4
6 373
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Poytaxt_adliya
@toshadliya
25.05.2026 07:34
#Bilasizmi

❗️ Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish xarajatlari qancha va tartibi qanday?

Batafsil infografikada👆

Kanalga ulanish👇👇👇
@xorazmadliya
4 399

Poytaxt_adliya

1.6K
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook*.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram*.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram