#Adliya_xabari
Toshkent shahar adliya boshqarmasida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi
✅Toshkent shahar adliya boshqarmasi Moliya-iqtisod sho'basi boshlig'i
Abduraxmanov Sanjar Abdusaidovich 2026-yilning
aprel oyi uchun oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi deb topildi.
✅Sanjar Abduraxmanov 2013-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan.
✅S.Abduraxmanov adliya organlarida mehnat faoliyatini 2018-yilda Toshkent shahar adliya boshqarmasi bosh buxgalter o'rinbosari, Moliya-iqtisod bo'limi boshlig'i o'rinbosari, 2018-2023-yillarda Moliya-iqtisod bo'limi boshlig'i lavozimlarida ishlagan. 2023-yil mart oyidan buyon boshqarma Moliya-iqtisod sho'basi boshlig'i
lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
✅Adliya boshqarmasi jamoasi S.Abduraxmanovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh bo'lishini tilaydi.
Telegram |
Facebook* |
Veb sayt |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram