avatar
Poytaxt_adliya
Переслано от ADLIYA YANGILIKLARI
01.06.2026 07:51
#Adliya_xabari

“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berildi

📅 Joriy yilning 25-mayidan 25-iyuniga qadar Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

🔹 Aksiya doirasida bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, buzilgan huquqlarini tiklash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar bo‘yicha keng tushuntirish ishlari olib boriladi.

🔹 Shuningdek:
✅ sayyor qabullar va “Adliya kuni” tadbirlari;
✅ “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari;
✅ huquqiy targ‘ibot tadbirlari va seminar-treninglar;
✅ “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkalari;
✅ bolalar va yoshlarni qiynayotgan huquqiy muammolarni hal etishga qaratilgan amaliy tadbirlar tashkil etiladi.

📌 Aksiya davomida bolalar va yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam ko‘lamini kengaytirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Kanalga ulaning va yangiliklardan xabardor bo‘ling
🚀Telegram | 📷Instagram* | 🔵Facebook* | 📱YouTube | Bot
229
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Poytaxt_adliya

1.6K
Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook*.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram*.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram