#adliya_xabari
#Yakkasaroy_tumani
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda
“Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son Prezident qarori ijrosi yuzasidan, Yakkasaroy tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi” tomonidan uchta oilaning muammolari atroflicha ko‘rib chiqildi. Muhokamada tuman hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Rasulmuxamedova, tuman 1-son FHDY bo‘limi mudirasi L.Maxmudbekova hamda diniy idora vakillari ishtirok etib, har bir oila bilan individual yondashuv asosida ishlashga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat davomida oilalarda yuzaga kelgan kelishmovchiliklarning sabab va omillari muhokama qilinib, tomonlarga muhim tavsiyalar berildi.
Telegram |
Facebook* |
Veb sayt |
Instagram* |
YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram