avatar
bakiroo
@the_bakiroo
19.03.2026 22:18
Бу ҳам бир ишора: Click’ ва Halyk Bank’ қўшилмайди

Halyk Bank томонидан Ўзбекистондаги Click тўлов тизимининг 49% улушини отиб олиш бўйича битим бекор қилинди, деб ёзмоқда Pivot Halyk Bank акциядорларига тарқатилган ахборотга тяаниб.

Битим учун белгиланган муддат 2025 йил 31 декабрда тугаган.

Эътиборлиси, Click’ АЖ ва Қозоғистоннинг Halyk Bank'и ўртасида бизнеслар қўшилуви битимига Рақобат қўмитаси ва Марказий банк розилигини расмийлаштирмаслик бўйича ғалати сукунат ҳукм сурди.

Буям бир ишора. Ўзбекистонга келишдан аввал инвесторлар инобатга олишлари керак бўлган ишора.
Telegram
Pivot.uz | Rasmiy kanal
Halyk Bank va Click o‘rtasidagi kelishuv amalga oshmadi Halyk Bank tomonidan O‘zbekistondagi Click to‘lov tizimining 49% ulushini otib olish bo‘yicha bitim bekor qilindi. Bankning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallariga ko‘ra, bitimni yakunlash muddati 2025-yil 31-dekabrda tugagan. Dastlab tomonlar o‘zaro ulush almashishni rejalashtirishgan edi: • Halyk Bank Click’ning 49% ulushini olishi; • Click esa bankning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi — Tenge Bankning 49% aksiyasiga egalik qilishi kerak edi. Ushbu kelishuv Halyk Bank’ning O‘zbekiston bozoridagi mavqeini mustahkamlashi va bank infratuzilmasini mamlakatdagi eng yirik to‘lov tizimlaridan biri bilan birlashtirishi kutilayotgan edi. Hozirda tomonlar hamkorlikning boshqa mumkin bo‘lgan variantlarini muhokama qilishda davom etmoqdalar. 👉 Batafsil @pivotuzbekistan
50 29.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram