Halyk Bank va Click o‘rtasidagi kelishuv amalga oshmadi
Halyk Bank tomonidan O‘zbekistondagi Click to‘lov tizimining
49% ulushini otib olish bo‘yicha bitim bekor qilindi. Bankning aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallariga ko‘ra, bitimni yakunlash muddati 2025-yil 31-dekabrda
tugagan.
Dastlab tomonlar o‘zaro ulush almashishni rejalashtirishgan edi:
• Halyk Bank Click’ning 49% ulushini olishi;
• Click esa bankning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi — Tenge Bankning 49% aksiyasiga egalik qilishi kerak edi.
Ushbu kelishuv Halyk Bank’ning O‘zbekiston bozoridagi mavqeini mustahkamlashi va bank infratuzilmasini mamlakatdagi eng yirik to‘lov tizimlaridan biri bilan birlashtirishi kutilayotgan edi. Hozirda tomonlar hamkorlikning boshqa mumkin bo‘lgan variantlarini muhokama qilishda davom etmoqdalar.
Batafsil
@pivotuzbekistan
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram