bakiroo
@the_bakiroo
bakiroo
Биз кутгандик, биз билгандик: Бензин нархи кескин қимматлаган
Байрамдан кейинги илк биржа савдоларида 92 тоифадаги бензиннинг тоннаси 878,9 минг сўмга ёки 7,4%га қимматлаб, 12,7 млн.сўмдан ошган.
Кўп марта такрорланганидек ва кутганимиздек, нефть нархининг ошиши олигархия ва монополистларга зўр баҳона бўлди. Бунинг устига метан заправкалар қачон очилиши айтилмай ёпилган.
Telegram
MINENERGY.UZ
💙💙💙
Bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi
Magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va me’yoriy holatga keltirish ishlari davom etmoqda.
Gaz bosimining pastligi sababli, birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.
Mazkur choralar aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin va suyultirilgan gaz (propan) hajmi oshirilgan bo‘lib, yetarli miqdоrda yetkazib berilmoqda.
Shu o‘rinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘raymiz. Vakolatli tashkilotlar tomonidan nazorat tadbirlari kuchaytirilib, narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
22 18.1K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram