Bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi
Magistral gaz quvurlarida bosimni rostlash va me’yoriy holatga keltirish ishlari davom etmoqda.
Gaz bosimining pastligi sababli,
birinchi navbatda aholi xonadonlari hamda
ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Shunga ko‘ra,
bugun “metan zapravkalar” ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.
Mazkur choralar
aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz ta’minoti bilan ta’minlashga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz,
birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin va suyultirilgan gaz (propan) hajmi oshirilgan bo‘lib, yetarli miqdоrda yetkazib berilmoqda.
Shu o‘rinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravishda oshirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotishlarini so‘raymiz. Vakolatli tashkilotlar tomonidan nazorat tadbirlari kuchaytirilib, narxlarning asossiz ravishda oshirib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kanalimizga aʼzo bo‘ling👇
@minenergy_uz
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram