avatar
Suvchilar maktabi
Переслано от Agrobank Matbuot xizmati
16.03.2026 09:09
Agrobank — qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar drayveri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ–99-son qaroriga muvofiq, mamlakat qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamli yechimlarni kengaytirish va fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi bosqich boshlanmoqda.

Mazkur qaror doirasida “Agrobank” ATB agrar sohada innovatsiyalarni joriy etish va kompleks xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda muhim drayver sifatida belgilandi.

✍️Qarorga asosan bank tomonidan:

- qishloq xo‘jaligi loyihalarini moliyalashtirish uchun 25 trillion so‘mlik moliyaviy resurslar jalb etiladi,

- hududlarda fermer va tadbirkorlar uchun agroxizmat zonalari tashkil etiladi,

- “Suvchilar maktabi” va “Fermerlar maktabi” orqali bilim va tajriba almashish tizimi rivojlantiriladi,

- qishloq xo‘jaligida startap va innovatsion loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi,

- sun’iy intellekt, “big data” va raqamli platformalar asosida agrar sohada yangi yechimlar joriy etiladi.

Shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, agrotexnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro tajribani tatbiq qilish orqali qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga xizmat qilinadi.

Agrobank — agrar sohada innovatsiyalar, raqamli yechimlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali fermer va dehqonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratayotgan ishonchli moliyaviy hamkor sifatida qishloq xo‘jaligining barqaror rivojiga xizmat qilmoqda.

Facebook* Instagram*
Sayt
1
👍 1
🔥 1
1 1.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Suvchilar maktabi

16K
🌍 suvchimaktabi.uz
✅ Fb.com/suvchilar.maktabi.uz
✅ Instagram*.com/suvchilar_maktabi
✅t.me/suvchilar_maktabi_bot
📞 1319
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram