avatar
Suvchilar maktabi
Переслано от Agrobank Matbuot xizmati
17.04.2026 17:33
AGROBANK QISHLOQ XO‘JALIGI YO‘NALISHIDA XITOY XALQ RESPUBLIKASI YETAKCHI BANKLARI, OLIY TA'LIM VA ILMIY TEKSHIRISH MUASSASALARI BILAN O`ZARO HAMKORLIK ALOQALARNI YO`LGA QO'YMOQDA

Joriy yilning mart-aprel oylarida Agrobank Boshqaruvi, viloyat boshqarmalari hamda bosh ofis xodimlari Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.

Safar davomida Pekin va Urumchi shaharlarida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi yetakchi moliyaviy muassasalar, ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazilib hamkorlik aloqalari o`rnatilmoqda.

🤝 Xususan, Agricultural Bank of China (ABC) hamda Agricultural Development Bank of China (ADBC) banklari tajribalari o`rganildi. Beijing Academy of Agriculture and Forestry Sciences akademiyasi bilan hamkorlik o`rnatildi. Shuningdek, Urumchi shahrida Bank of Xinjiang bankida Agrobank bosh ofisi va viloyat boshqarma xodimlari malakasi oshirilib tajribalari o`rganildi.

🎓 Delegatsiya a’zolari ABC, ADBC hamda Bank of Xinjian banklarining bosh ofislarida:
- Bank sohasidagi ilg‘or tajribalar;
- Agrar sektorni moliyalashtirish mexanizmlari;
- Risklarni boshqarish;
- Bank tizimida sun'iy intellekt;
- Muammoli kreditlar bilan ishlash yo‘nalishlarida tajribalari o`rganilib malaka oshirish kurslarida ishtirok etdi.

📑 Xalqaro hamkorlik doirasida muhim kelishuvlarga erishildi:

🔹 Xinjiang Agricultural University hamkorlik shartnomasi imzolanib
- Qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
- Talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish;
- O‘zbekistonlik fermerlar uchun maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🔹 China Agricultural University (CAU) bilan o'qitish bo'yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvi dasturlarini rivojlantirish hamda o‘zbekistonlik fermerlar uchun maxsus o‘quv dasturlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

🔹 BASF akademiyasi bilan:
- Zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish;
- Fermerlar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
- Sun’iy intellekt yechimlarini qo‘llash;
- Metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish yo‘nalishlarida memorandum imzolandi.

Ushbu tashrif Agrobank uchun xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va qishloq xo‘jaligi sohasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.

Facebook* Instagram*
Sayt
👍 6
1
3 762
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
17.04.2026 11:53
O‘zbekiston global suv tashabbusiga qo‘shildi.

2026-yil 15-aprel kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tgan Jahon banki guruhi bahorgi yig‘ilishlari doirasida “Water Forward” global tashabbusi ishga tushirildi.

🌍 Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — 2030-yilgacha 1 milliard aholining suv xavfsizligini ta’minlash.

O‘zbekiston ham yana 13 ta davlat bilan birgalikda ushbu muhim tashabbusga qo‘shildi. Tashabbus doirasida: ichimlik suvi va sanitariya xizmatlari yaxshilanadi, irrigatsiya tizimlari modernizatsiya qilinadi, qurg‘oqchilik va suv toshqinlariga chidamlilik oshiriladi, suv infratuzilmasi rivojlantiriladi.

🤝 Loyihalar xalqaro moliya institutlari, hukumatlar va xususiy sektor hamkorligida amalga oshiriladi. Jahon banki guruhi 2030-yilgacha 400 million inson uchun suv xavfsizligini ta’minlash majburiyatini oldi. Bu tashabbus aholi turmush darajasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sishga xizmat qiladi.

Website| Telegram | Instagram* | YouTube
👍 4
2
🔥 1
3 1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
15.04.2026 16:08
#suvkitob

7-kitob. G'o'zani tomchilatib sug'orish.

Ushbu kitob fermerlar, agronomlar va suv xo'jaligi sohasidagi mutaxassislar uchun muhim qo'llanma bo'lib, suv resurslaridan oqilona foydalanish va g'o'za hosilini maksimal darajada oshirishga qaratilgan zamonaviy usullarni taqdim etadi.

Website| Telegram | Instagram* | YouTube
👍 9
3
🔥 1
1 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
14.04.2026 14:29
Tajriba maydonlarida amalga oshirilayotgan ishlar

Suvchilar maktabining tajriba maydonlari yanada kengaymoqda. Ushbu tajriba maydonlari respublikamizdagi barcha fermerlarning suvdan samarali foydalanishida muhim bosqich bo’ladi.

Har bir tajriba maydonlari tarkibida dala shiyponi, quyosh panellari, nasos, filtr, meteostansiya, suv tejamkor texnologiyalar, avtomat tizimlar mavjud.

Website| Telegram | Instagram* | YouTube
👍 7
2
🔥 1
💯 1
🤝 1
6 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
12.04.2026 12:24
Qaysi sug’orish usulida quvurlar yerning unumdor qatlamidan 40-60 sm chuqurlikda joylashtirilib, maxsus namlovchi quvur liniyasi tuproq kapillyarlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simliklarning ildiz qatlamiga suvni yetkazib beradi?
1 1.7K
avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
10.04.2026 14:22
“Suvchilar maktabi” tajriba maydonida o‘rnatilgan meteostansiya ma’lumotlari 10-aprel sanasigacha bo'lgan tahlillar natijasi

Kuzatuv davridagi namlik bug‘lanishining nisbatan yuqori qiymatlari Buxoro (Buxoro shahri – 33 m3/ga), Xorazm (Urganch tumani – 33 m3/ga) va Surxondaryo (Termiz tumani – 32 m3/ga) tajriba maydonlarida kuzatilganligini ko‘rsatdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (Nukus tumani – 28 m3/ga), Jizzax (Paxtakor tumani – 29 m3/ga), Navoiy (Karmana tumani – 26 m3/ga), Andijon (Andijon tumani – 25 m3/ga), Sirdaryo (Guliston tumani – 24 m3/ga), Samarqand (Oqdaryo tumani – 23 m3/ga), Qashqadaryo (Qarshi tumani – 22 m3/ga) va Farg‘ona (Quva tumani – 22 m3/ga) viloyatlaridagi tajriba maydonlarida namlikning bug‘lanishi nisbatan o‘rtacha qiymatlarda bo‘ldi.

Toshkent (O‘rta Chirchiq tumani – 18 m3/ga) va Namangan (To‘raqo‘rg‘on tumani – 10 m3/ga) viloyatidagi tajriba maydonida esa ancha past bo‘ldi.

Website| Telegram | Instagram* | YouTube
2
👍 2
🔥 1
2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Suvchilar maktabi
@suvchilar_maktabi
08.04.2026 14:45
Tuproq ichidan sug'orish

Tuproq ichidan sug‘orish tizimi yerning unumdor qatlamidan 40-60 sm chuqurlikda joylashtirilib, maxsus namlovchi quvur liniyasi tuproq kapillyarlari orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simliklarning ildiz qatlamiga suvni yetkazib berishdan iborat.

Website| Telegram | Instagram* | YouTube
👍 4
1
🔥 1
3 2.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Suvchilar maktabi

16K
🌍 suvchimaktabi.uz
✅ Fb.com/suvchilar.maktabi.uz
✅ Instagram*.com/suvchilar_maktabi
✅t.me/suvchilar_maktabi_bot
📞 1319
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram