Agrobank — qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar drayveri
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi
PQ–99-son qaroriga muvofiq, mamlakat qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, raqamli yechimlarni kengaytirish va fermer xo‘jaliklarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi bosqich boshlanmoqda.
Mazkur qaror doirasida
“Agrobank” ATB agrar sohada innovatsiyalarni joriy etish va kompleks xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda muhim drayver sifatida belgilandi.
✍️Qarorga asosan bank tomonidan:
- qishloq xo‘jaligi loyihalarini moliyalashtirish uchun
25 trillion so‘mlik moliyaviy resurslar jalb etiladi,
- hududlarda fermer va tadbirkorlar uchun
agroxizmat zonalari tashkil etiladi,
-
“Suvchilar maktabi” va
“Fermerlar maktabi” orqali bilim va tajriba almashish tizimi rivojlantiriladi,
- qishloq xo‘jaligida
startap va innovatsion loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi,
-
sun’iy intellekt, “big data” va raqamli platformalar asosida agrar sohada yangi yechimlar joriy etiladi.
Shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, agrotexnologiyalarni joriy etish hamda xalqaro tajribani tatbiq qilish orqali qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga xizmat qilinadi.
Agrobank — agrar sohada innovatsiyalar, raqamli yechimlar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali fermer va dehqonlar uchun yangi imkoniyatlar yaratayotgan ishonchli moliyaviy hamkor sifatida qishloq xo‘jaligining barqaror rivojiga xizmat qilmoqda.
Facebook* Instagram* Sayt
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram