avatar
Profit
@soqqauzb
24.04.2026 10:05
Mehnatingiz qiymatini qanday oshirish mumkin?

Agar siz daromadingizni oshirmoqchi bo'lsangiz, mehnatingiz qiymatini qanday oshirish haqida o'ylashingiz kerak.

Avvalo 1 soatlik ishingizning hozirgi narxini aniqlang va uni siz xohlayotgan ko'rsatkich bilan solishtiring.

Masalan, 8 soat ishlab, kuniga 200 ming soʻm topyapsiz deylik. Shunda sizning hozirgi 1 soat vaqtingiz 25 ming turadi. Lekin siz kuniga 400 ming soʻm, soatiga 50 ming topmoqchisiz. Demak, hozirgidan koʻra ikki baravar koʻproq xohlayapsiz.

Endi oʻzingizga savol bering: sizning hozirgi vaqt qiymatingiz haqiqatda shunchami yoki sizga kam toʻlashyaptimi?

Agar kam toʻlashyapti deb hisoblasangiz, yuqori maosh taklif qiluvchi boshqa ishlarni qidirib koʻring. Maoshim kamligiga oʻzim sababchiman deb oʻylasangiz, harakatni boshlang:

Bo'sh vaqtingizni o'rganish va malakangizni oshirish uchun ajrating. Kerakli odamlar bilan munosabatingizni yaxshilang. Oʻzingizni koʻrsating, ishga qoʻshayotgan hissangizni bildiring.
1 1K
avatar
Profit
@soqqauzb
23.04.2026 10:10
Tanqidlarga munosabat haqida

Nima qilsangiz ham, sizni tanqid qiladigan odamlar doimo topiladi. Ayniqsa, sizdan kam ish qiladiganlar!

Baʼzilarning tabiati shunaqa – har doim norozi boʼlib, boshqalarning rivojlanishiga toʼsqinlik qiladi.

Faqatgina sizdan koʼra koʼproq yutuqlarga erishganlarning tanqidini tinglang. Boshqalariga esa, shunchaki eʼtibor bermaslikni oʼrganing.
1 1.1K
avatar
Profit
@soqqauzb
23.04.2026 01:05
Oltinga boy O‘zbekiston!

Ko'pchilik O'zbekiston oltin zaxirasi bo'yicha boy davlat ekanini biladi, lekin bizda dunyoning hech bir davlatida boʻlmagan birdaniga 2 ta yirik oltin konlari borligini hamma ham bilavermaydi.

​S&P Global va Mining visuals ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda dunyodagi eng samarali oltin konlari Top-10 tagligida O‘zbekistonning 2 ta yirik oltin koni joy olgan.

Muruntov (dunyoda 2-o‘rin): Bu kon ochiq usulda qazib olinadigan dunyoda eng yirigi hisoblanadi. Uning ulkan konveyer tizimi va masshtabi xalqaro ekspertlar tomonidan "konchilik fenomeni" deb e'tirof etiladi.

Olmaliq majmuasi (dunyoda 6-o‘rin): Ishlab chiqarish hajmi bilan kuchli o‘ntalikka kirgan. Bu majmua nafaqat oltin, balki mis va boshqa strategik metallar bilan ham jahon bozorida muhim o‘ringa ega.

Ushbu konlar xorijiy investorlarning yurtimizga qiziqishini oshirishga, Oʻzbekiston Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirishda beqiyos oʻringa ega. Qolaversa, oltinlarimiz milliy valyuta kursini ushlab turishda "xavfsizlik yostiqchasi" vazifasini ham o‘taydi.
2 1.1K
avatar
Profit
@soqqauzb
22.04.2026 13:41
Boylar bilan o‘tirganning dunyoga havasi ortadi;

Faqirlar bilan o‘tirganning shukur qilishi ortadi;

Ayollar bilan o‘tirganning ularga moyilligi ortadi;

Bolalar bilan o‘tirganning o‘yinga moyilligi ortadi;

Gunohkorlar bilan o‘tirganning gunohga jur’ati ortadi;

Solihlar bilan o‘tirganning ibodatga havasi ortadi;

Olimlar bilan o‘tirganning esa taqvosi va ilmi ortadi.
3 1.1K
avatar
Profit
@soqqauzb
21.04.2026 18:05
❗️O‘zbekistonda kripto-to‘lovlarga yo‘l ochildi

O‘zbekistonda kripto-aktivlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanishga ruxsat beruvchi yangi tartib joriy etildi.

Yangi hujjatga ko‘ra, barqaror tokenlar (stablkoinlar) milliy yoki xorijiy valyutaga bog‘langan kripto-aktiv sifatida tan olinadi.

🔰 Endilikda:
— yuridik shaxslar stablkoin chiqarishi mumkin;
— ulardan to‘lov vositasi sifatida foydalanish mumkin;
— xalqaro pul o‘tkazmalarida qo‘llash imkoni yaratiladi;
— blokcheyn asosida to‘lov tizimlari ishlab chiqiladi.

🔘 Muhim shart: stablkoinlar faqat Markaziy bankdagi real mablag‘lar bilan ta’minlanishi kerak. Kredit yoki qarz mablag‘lari bilan ta’minlashga ruxsat berilmaydi.
1.1K
avatar
Profit
@soqqauzb
21.04.2026 15:01
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38,4 mln nafarga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 382 685 kishini tashkil etgan.

Jinsiy tafovut:
🙋‍♀ Ayollar soni – 19,1 mln kishi

🙋‍♂ Erkaklar soni – 19,3 mln kishi


Geografik joylashuv:
Shahar joylarda – 19,6 mln kishi.

🏘 Qishloq joylarda – 18,8 mln kishi
1 1.1K
avatar
Profit
@soqqauzb
20.04.2026 21:05
Shaxsiy moliyani aqlli boshqarish

Moliyaviy barqarorlik omad emas, balki oqilona qarorlar va odatlar natijasidir. Har bir inson, daromaddan qat'i nazar, pulni boshqarish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak.

Mana bir nechta asosiy tamoyillar:

Har doim topganingizdan kamroq sarflang. Imkoniyatlaringiz doirasida yashang. Bu oddiy tuyuladi, lekin moliyaviy barqarorlikka erishishda juda muhim.

"Xavfsizlik yostig'ini" yarating. 3-6 oylik xarajatlaringizga yetgulik qoʻshimcha pulingiz boʻlsin. Bu sizga xotirjamlik beradi.

Daromad va xarajatlaringizni kuzatib boring. Ilovalar, elektron jadvallar yoki bloknot – bu muhim emas, asosiysi pul qayerga ketayotganini ko'rish.

Muntazam ravishda investitsiya qiling. Doimiy ravishda investitsiya qilingan kichik miqdorlar ham vaqt o'tishi bilan aniq natijalarga olib keladi.

Moliyaviy maqsadlarni qo'ying. Maqsadsiz pul sezilmasdan yo'qoladi. Haqiqatan ham muhim bo'lgan narsalar uchun pul sarflang.
2 1.1K
avatar
Profit
@soqqauzb
20.04.2026 16:45
Firibgarlarning "oltin davri" rasman tugadi!

Jinoyat kodeksi 73-moddasi toʻrtinchi qismi o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlik, firibgarlik uchun hukm qilingan va jinoyat tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplamagan shaxs jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinmasligini nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Endi firibgarlik yoki rastrata (o‘zlashtirish) bilan ayblangan shaxs keltirilgan moddiy zararni 100% qoplamagunicha muddatidan oldin qamoqdan chiqarilmaydi. Jazoni yengilrog‘iga (masalan, jarima yoki manzil-koloniyaga) almashtirish imkoni ham berilmaydi.

Firibgarlarning "Ichkarida ozgina o‘tirib chiqaman-u, pullar yonimga qoladi" degan rejalari xomxayol endi.
1.1K
avatar
Profit
@soqqauzb
20.04.2026 13:45
Boylik yaratish bosqichlari haqida

Puli yoʻqlar vaqtini sotadi. Puli borlar esa boshqalarning vaqtini sotib oladi.

Boshlanishiga vaqtni sotib pulga ega boʻlish fojea emas. Muammo - bir umr vaqtni sotib yashashda!
1 1.1K
avatar
Profit
@soqqauzb
19.04.2026 18:32
​🌍 Dunyoning eng boy odamlari qaysi sohalarda pul topishadi?

Forbes ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda eng ko'p milliarderlar yetishib chiqqan va eng katta daromad keltiruvchi TOP-10 soha bilan tanishing:

🥇 ​Moliya va investitsiyalar (464 ta milliarder)
Eng boy vakili: Uorren Baffett (Berkshire Hathaway) — $146.1 mlrd

🥈 ​Texnologiyalar (401 ta milliarder)
Eng boy vakili: Mark Sukerberg (Meta) — $218.6 mlrd

🥉 ​Ishlab chiqarish (342 ta milliarder)
Eng boy vakili: Reynxold Vyurt (Würth) — $30 mlrd

Moda va chakana savdo (297 ta milliarder)
Eng boy vakili: Bernar Arno (LVMH) — $174.9 mlrd

Sog'liqni saqlash (230 ta milliarder)
Eng boy vakili: Tomas Frist (HCA Healthcare) — $41.6 mlrd

Oziq-ovqat va ichimliklar (223 ta milliarder)
Eng boy vakili: Chjung Shanshan (Nongfu Spring) — $68.1 mlrd

Diversifikatsiyalangan (Turli sohalar, 210 ta milliarder)
Eng boy vakili: Mukesh Ambani (Reliance Industries) — $100.5 mlrd

Ko'chmas mulk (206 ta milliarder)
Eng boy vakili: Garri Triguboff (Meriton) — $23.2 mlrd

Media va ko'ngilochar soha (116 ta milliarder)
Eng boy vakili: Rupert Merdok (Fox/News Corp) — $22.4 mlrd

Energetika (106 ta milliarder)
Eng boy vakili: Vagit Alekperov (Lukoil) — $31.8 mlrd

​Raqamlardan ko'rinib turibdiki, moliya va texnologiya sohalari hamon eng yetakchi o'rinlarda. Agar siz katta biznes boshlashni maqsad qilgan bo'lsangiz, ushbu yo'nalishlarga e'tibor qaratish foydadan holi bo'lmaydi.
3 139
avatar
Profit
@soqqauzb
19.04.2026 14:53
Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha prognozini yangiladi

Jahon banki Markaziy Osiyo (MO) va Yevropa mintaqasi iqtisodiyoti bo‘yicha aprel oyidagi sharhini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2025-yilda MO davlatlari barqaror o‘sishni namoyish etdi.

YaIM 7% gacha oshdi, bu esa bir yil avvalgi 5,8% ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lib, soʻnggi 14 yil ichidagi eng yuqori daraja hisoblanadi.


O‘zbekistonda ham o‘sish sur’atlari sezilarli darajada — 2024-yildagi 6,7% dan, 2025-yilda 7,7% gacha tezlashdi.

Bunga oltin narxlarining yuqori bo‘lishi, investitsiyalarning faol o‘sishi, aholi real daromadlarining oshishi, kreditlash hajmining kengayishi hamda tarkibiy islohotlarning davom etayotgani asosiy omil bo‘ldi.


Shu bilan birga, ushbu hisobotda yanvardagi prognozlar qayta ko‘rib chiqildi va prognozlar yaxshilandi. 2026-yilda iqtisodiy o‘sish 6,4% (yanvardagi prognoz 6% edi), 2027-yilda esa 6,7% (avvalgi 5,9%) darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
120
avatar
Profit
@soqqauzb
18.04.2026 14:30
BOYLIK TURLARI HAQIDA

​"Boy bo‘lish" deganda faqatgina pullarni tushunmaslik kerak. Sizning millionlaringiz bo‘lsa-yu, lekin ularni sarflashga vaqtingiz yoki baham ko‘rishga yaqiningiz bo‘lmasa, bu qashshoqlikning bir ko‘rinishidir.

​Keling, puldan tashqari boylikning 5 ta asosiy ustunini ko‘rib chiqamiz:

Sog‘lik boyligi: Jismoniy quvvat va ruhiy xotirjamlik. Sog‘lik bo‘lmasa, qolgan barcha boyliklar o‘z jozibasini yo‘qotadi.

Vaqt boyligi: Bu eng tanqis resurs. O‘z qiziqishlaringiz, farzandlaringiz kamoli va dam olish uchun vaqt topa olish — haqiqiy erkinlik aslida shu.

Ijtimoiy boylik: Sizni tushunadigan oila, qiyin kunda yelkadosh bo‘ladigan do‘stlar va samimiy davra. Inson ijtimoiy mavjudot, yolg‘iz muvaffaqiyatning ta’mi achchiq bo‘ladi.

Emotsional boylik: Stressdan xoli bo‘lish, ichki xotirjamlik va har kuni kichik narsalardan ham pozitiv energiya ola bilish.

Tajribaviy boylik: Sayohatlar, yangi ko‘nikmalar va hayotiy darslar. Buyumlar eskiradi, lekin xotiralar va bilim siz bilan umrbod qoladi.

Agar sizda bularning bari mujassam bo'lsa, siz allaqachon juda boy ekansiz. Faqat buni his qilish va asrash qolgan, xolos.
1 147
avatar
Profit
@soqqauzb
17.04.2026 17:35
O‘zbekistonda bank sohasi yangi transformatsiya davriga kirmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 34 ta bankning yarmi — 17 ta bank islomiy bankchilik litsenziyasini olish uchun faol harakat boshladi.

🏦 Agrobank • Anor bank • Asakabank • Asia Alliance bank • Aloqabank • Biznesni rivojlantirish banki • Invest Finance bank • Ipak Yo‘li banki • Kapitalbank • Mikrokreditbank • Open bank • Orient Finance • Universal bank • O‘zsanoatqurilishbank • Hamkorbank • Hayot bank • Xalq banki — ushbu yoʻnalishda litsenziya olish uchun faol harakat boshlagan.

➕ Shuningdek, "Tayanch mikromoliya banki" ham ushbu jarayonda qatnashmoqda.


✅ Bu yaqin kelajakda moliya bozorida mutlaqo yangi mahsulotlar va xizmatlar paydo bo‘ladi degani.
1 139
avatar
Profit
@soqqauzb
17.04.2026 15:35
O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga oʻrtacha nechta televizor to‘g‘ri keladi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga koʻra, 2025-yilda O‘zbekistonda 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan televizorlarning o‘rtacha soni 179 donani tashkil etgan.

Yillar kesimida oʻzgarishlar:

emoji 2010-yil – 132 dona;
emoji 2015-yil – 152 dona;
emoji 2020-yil – 162 dona;
emoji 2025-yil – 179 dona.
123
avatar
Profit
@soqqauzb
17.04.2026 13:35
Shoshilmang, lekin to‘xtab ham qolmang!

Aksariyat odamlar tezroq natija istaydi. Lekin rivojlanish – bu marafon, sprint emas.

Har bir tashlangan kichik qadam – bu katta o‘zgarishlarning boshlanishi.

Oʻsish vaqt talab qiladi. Shoshilmang. Ammo yurishda davom eting. Zero, hamma narsa o‘sadi, agar siz to‘xtamasang.

Oldinga yuravering. Sezmasangiz ham, siz o‘sayapsiz.
3 136
avatar
Profit
@soqqauzb
16.04.2026 18:25
IKEA asoschisi Ingvar Kampradning muhim maslahatlari:

▪️ Faqat uyqu paytida hech kim xato qilmaydi. Xatolar - o‘z xatolarini to‘g‘rilab, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqara oladiganlar uchun mukofot!

▪️ "Imkonsiz" so'zini lug'atingizdan butunlay olib tashlashingiz kerak!

▪️ Bir narsa aniq: muvaffaqiyatsizliklar muvaffaqiyat sari qadamdir. Yangi chaqiriqlar siz uchun yangi imkoniyatlar ochadi!

▪️ Shu kungacha sigir sog‘ishni, o‘t o‘rishni unutmaganimdan faxrlanaman. Oddiy bo'ling, o'zingizdan uyalmang!

▪️ Eng yomoni - bu qoniqish hissi. Har kuni kechqurun ertaga bugundan yaxshiroq bo'lish haqidagi o'y bilan uyquga yoting!
1 162
avatar
Profit
@soqqauzb
16.04.2026 16:25
💳 Bank kartalariga ham "chiroyli raqam" tanlash yo‘lga qo‘yilibdi

O‘zbekistonda tijorat banklari endi mijozlarga oddiy karta emas, balki eslab qolish oson va noyob raqamli kartalarni ham taklif qilmoqda.

Xizmat narxi tanlangan raqamga qarab 300 ming so‘mdan 10 million so‘mgacha belgilangan.

Maqtanchoqlar va status ixlosmandlari uchun ayni muddao:
— Karta raqamingizni aytvorasizmi?
— "Ukam, yozvol: 8600 0000 0000 0007"
2 173
avatar
Profit
@soqqauzb
16.04.2026 14:25
​💳 Kartani komissiyasiz to‘ldirishning "Oltin qoidasi"

​Ko‘pchilik foydalanuvchilar kartani istalgan bankomat orqali to‘ldirish bepul deb o‘ylashadi. Biroq, bu yerda emitent bank (kartani ochgan bank) tushunchasi juda muhim.

O‘z bankingizda: Agar siz kartani uni chiqargan bankning kassasi, bankomati yoki ADM-terminallari orqali to‘ldirsangiz — xizmat odatda 0% (bepul) bo‘ladi.

Begona bankda: Agar siz "A" banki kartasiga "B" bankining bankomati orqali pul tushirsangiz, tizim sizdan komissiya (odatda 1% dan 1,5% gacha) ushlab qolishi mumkin.

*Rasmda komissiyasiz banklar ro‘yxati berilgan
1 181
avatar
Profit
@soqqauzb
15.04.2026 18:31
O‘zbekiston aholisining katta qismi oylik maoshga tayanadi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan iste’mol kayfiyati bo‘yicha so‘nggi tahlilga ko‘ra, oylik ish haqi o‘zbekistonliklar uchun asosiy daromad manbai bo‘lib qolmoqda.

Qariyb 4 mingdan ortiq respondent ishtirok etgan so‘rovnomada ishtirokchilarning 67 foizi aynan oylik maoshni asosiy daromad manbai sifatida ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, tadbirkorlik, savdo-sotiq va qo‘shimcha ishlar ham aholi budjetini to‘ldirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, maishiy xizmatlar, IT, qishloq xo‘jaligi va umumiy ovqatlanish sohalarida ishlayotganlar orasida daromadlar o‘sishiga ishonch yuqori.

Ayniqsa, 7–10 mln so‘mgacha daromad topadigan qatlamda optimizm eng yuqori darajada. Biroq yuqori daromadli (10–20 mln so‘m va undan yuqori) guruhda kutilmalar nisbatan pastroq.
1 152
avatar
Profit
@soqqauzb
15.04.2026 16:31
Oʻzbekistonliklar daromadining asosiy qismini uy-joy taʼmiri uchun sarflamoqda

​Aholining iste’mol kayfiyati bo‘yicha Markaziy bankning yangi hisobotida maʼlum bo‘lishicha, hozirda o‘zbekistonliklarning asosiy xarajatlari — uy ta’miri va taʼlim bilan bog‘liq.

So‘rovnomada qatnashgan nisbatan kam daromadli (5 mln soʻmgacha) respondentlar asosiy eʼtiborini uy taʼmiri va taʼlimga qaratganini qayd etishgan.

Yuqori daromadlilar esa (20 million soʻmdan ortiq) koʻproq avtomobil, mebel, uy sotib olish va sayohat qilishni rejalashtirgan.

Yoshi kattalar esa (51 yoshdan yuqori) sogʻligʻini tiklash va toʻy marosimlari uchun koʻproq mablagʻ sarflashni rejalashtirmoqda.

​📚 Ta’lim — barcha uchun ustuvor vazifa
Quvonarlisi, daromad darajasidan qat’i nazar, ta’limga pul ajratish barcha qatlamlar uchun eng muhim xarajatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, yoshlar (30 yoshgacha) ta’lim va uy ta’mirini birinchi o‘ringa qo‘ygan.
1 142

Profit

7K
Открыть в Telegram