Oʻzbekistonliklar daromadining asosiy qismini uy-joy taʼmiri uchun sarflamoqda
Aholining iste’mol kayfiyati bo‘yicha Markaziy bankning yangi hisobotida maʼlum bo‘lishicha, hozirda o‘zbekistonliklarning asosiy xarajatlari — uy ta’miri va taʼlim bilan bog‘liq.
So‘rovnomada qatnashgan nisbatan kam daromadli (5 mln soʻmgacha) respondentlar asosiy eʼtiborini uy taʼmiri va taʼlimga qaratganini qayd etishgan.
Yuqori daromadlilar esa (20 million soʻmdan ortiq) koʻproq avtomobil, mebel, uy sotib olish va sayohat qilishni rejalashtirgan.
Yoshi kattalar esa (51 yoshdan yuqori) sogʻligʻini tiklash va toʻy marosimlari uchun koʻproq mablagʻ sarflashni rejalashtirmoqda.
📚 Ta’lim — barcha uchun ustuvor vazifa
Quvonarlisi, daromad darajasidan qat’i nazar, ta’limga pul ajratish barcha qatlamlar uchun eng muhim xarajatlardan biri bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa, yoshlar (30 yoshgacha) ta’lim va uy ta’mirini birinchi o‘ringa qo‘ygan.
1 142
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram