Jahon banki O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi bo‘yicha prognozini yangiladi
Jahon banki Markaziy Osiyo (MO) va Yevropa mintaqasi iqtisodiyoti bo‘yicha aprel oyidagi
sharhini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2025-yilda MO davlatlari barqaror o‘sishni namoyish etdi.
YaIM 7% gacha oshdi, bu esa bir yil avvalgi 5,8% ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lib, soʻnggi 14 yil ichidagi eng yuqori daraja hisoblanadi.
O‘zbekistonda ham o‘sish sur’atlari sezilarli darajada — 2024-yildagi 6,7% dan, 2025-yilda 7,7% gacha tezlashdi.
Bunga oltin narxlarining yuqori bo‘lishi, investitsiyalarning faol o‘sishi, aholi real daromadlarining oshishi, kreditlash hajmining kengayishi hamda tarkibiy islohotlarning davom etayotgani asosiy omil bo‘ldi.
Shu bilan birga, ushbu hisobotda yanvardagi prognozlar qayta ko‘rib chiqildi va prognozlar yaxshilandi.
2026-yilda iqtisodiy o‘sish 6,4% (yanvardagi prognoz 6% edi),
2027-yilda esa 6,7% (avvalgi 5,9%) darajasida bo‘lishi kutilmoqda.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram