avatar
Profit
@soqqauzb
23.04.2026 01:05
Oltinga boy O‘zbekiston!

Ko'pchilik O'zbekiston oltin zaxirasi bo'yicha boy davlat ekanini biladi, lekin bizda dunyoning hech bir davlatida boʻlmagan birdaniga 2 ta yirik oltin konlari borligini hamma ham bilavermaydi.

​S&P Global va Mining visuals ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda dunyodagi eng samarali oltin konlari Top-10 tagligida O‘zbekistonning 2 ta yirik oltin koni joy olgan.

Muruntov (dunyoda 2-o‘rin): Bu kon ochiq usulda qazib olinadigan dunyoda eng yirigi hisoblanadi. Uning ulkan konveyer tizimi va masshtabi xalqaro ekspertlar tomonidan "konchilik fenomeni" deb e'tirof etiladi.

Olmaliq majmuasi (dunyoda 6-o‘rin): Ishlab chiqarish hajmi bilan kuchli o‘ntalikka kirgan. Bu majmua nafaqat oltin, balki mis va boshqa strategik metallar bilan ham jahon bozorida muhim o‘ringa ega.

Ushbu konlar xorijiy investorlarning yurtimizga qiziqishini oshirishga, Oʻzbekiston Markaziy banki oltin-valyuta zaxiralarini shakllantirishda beqiyos oʻringa ega. Qolaversa, oltinlarimiz milliy valyuta kursini ushlab turishda "xavfsizlik yostiqchasi" vazifasini ham o‘taydi.
2 1.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram
Открыть в Telegram