#Jahon_chempionatiga_yo'llanma
Chempionlikdan jahon maydonigacha: Xurshid Choriyev yana bir marrani zabt etdi
Renessans universiteti magistranti Xurshid Choriyev sportning universal jang turi bo‘yicha Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida yuksak mahorat ko'rsatib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bu g‘alaba unga Turkiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini berdi.
Universitetimiz jamoasi nomidan
Xurshid Choriyevni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz hamda jahon chempionatida ham yuksak natijalar va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
Universitetimizga yarashib turgan bunday yutuqlar bardavom bo‘lsin!
Bizni kuzating
———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
👍 9
🔥 5
🎉 3
❤ 2
🤩 2
🏆 2
💯 1
10 2.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
🎓 Turkiyada magistratura – Renessans universiteti tavsiyasi bilan!
Yangi bosqich, yangi imkoniyatlar!
Renessans universiteti tavsiyasi asosida
Turkiyaning nufuzli universitetlarida
magistratura bosqichi uchun maqsadli
qabul e’lon qilinadi.
Nomzodlar quyidagi yetakchi oliygohlarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
🇹🇷 Istanbul universiteti;
🇹🇷 Ankara universiteti;
🇹🇷 Istanbul texnika universiteti;
🇹🇷 Balıkesir universiteti;
🇹🇷 Bandırma Onyedi Eylül universiteti.
Bu – xalqaro ta’lim olish, tajriba orttirish va kelajak uchun mustahkam poydevor yaratish imkoniyatidir.
🛜
Nomzodlar uchun asosiy talablar:
✅
Renessans universitetining bakalavr bosqichini tamomlagan bo‘lishi;
✅
Turk tilini bilishi va
Tomer sertifikatiga ega bo'lishi kerak.
🔂
Imkoniyatlar:
✔️ kontrakt to‘lovi va yashash xarajatlari bo‘yicha qator imtiyozlar;
✔️ magistraturani muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvchilar uchun Renessans universitetida ish bilan ta’minlanish imkoniyati.
🔼 Ayni paytda
Renessans universitetida Anqara universiteti, Bandırma Onyedi Eylül universiteti va
Yunus Emre instituti bilan hamkorlikda
turk tili kurslari tashkil ham etilgan.
❗️
Kurslarda qatnashib siz:
🔹 xalqaro turk tili sertifikatini qo‘lga kiritasiz;
🔹 Turkiyaning nufuzli universitetlarida magistratura bosqichiga yo‘l ochasiz.
🌍 Eslatib o‘tamiz,
Renessans universiteti Turkiya Oliy ta’lim Kengashi tomonidan tan olingan oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Shu sababli universitet diplomi
Turkiyada to‘liq tan olinadi. Turkiya universitetlarida olingan magistratura diplomlari esa 100 ga yaqin davlatda e’tirof etiladi.
✨ Katta maqsadlar – katta qarorlardan boshlanadi!
📞 Batafsil ma’lumot uchun:
+998 90 638 14 69
+998 97 946 08 04
Bizni kuzating
———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Renessans universitetida juma va shanba – sport kuni!
Universitetimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida haftaning har juma va shanba kunlari "sport kuni" etib belgilandi.
Mazkur tashabbus joriy yil
7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Sport kunlari nafaqat jismoniy faolligimizni oshirmoqda, balki jamoa bilan yanada yaqinlashishimizga ham katta turtki bermoqda. Ishdan keyin bunday musobaqalarda qatnashish kayfiyatni ko‘tarib, yangi energiya bag‘ishlamoqda.
– deydi Dilshod Rahimov.
Sport kuni doirasida universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida turli sport musobaqalari muntazam ravishda o‘tkaziladi. Xususan, bugun
voleybol bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar nafaqat o‘z mahoratini, balki jamoaviy hamjihatlikni ham namoyon etdi.
Bellashuvlar kelgusi haftada ham davom etadi. Barchani ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Bizni kuzating
———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#hemis #yangi_versiya
HEMIS tizimi yana yangilandi!
Bu galgi yangilangan versiyada qanday o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar yaratildi?
OTMlarning o‘quv jarayonida qatnashmaydigan xodimlari uchun tizimda alohida
Yordamchi-texnik roli qo‘shildi;
Tizim “
Yagona milliy mehnat tizimi” bilan bog‘landi. Endi yangi xodim qo‘shishda uning ma’lumotlari ushbu bazadan
avtomatik tekshiriladi;
Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari
mavzularini tasdiqlash buyrug‘i funksiyasi ishlab chiqildi;
Talabalar va mas’ullar endi
shartnomalar, to‘lovlar va qarzdorlik haqidagi ma’lumotlarni billing tizimi orqali real vaqt rejimida ko‘rishlari mumkin;
Tizim Sog‘liqni saqlash vazirligining
DMED tizimi bilan integratsiya qilindi. Endi talabalarning
kasallik sababli dars qoldirgani haqidagi ma’lumotlar
avtomatik tarzda tekshiriladi;
Talaba profilida hujjatlarni
plagiatga tekshirish uchun yuklash hamda mas’ullar tomonidan ushbu jarayonni boshqarish imkoniyati yaratildi;
Tizimga dars qoldirish sabablarini tizimlashtiruvchi yangi bo‘lim qo‘shildi.
Asosiy yangilik: Endi kasallik varaqalari uchun qo‘shimcha ovvoragarchiliklar kamayadi, chunki
tizimlar bir-biri bilan bog‘landi.
Bizni kuzating
———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Poytaxtda 1-o‘rin, navbat – respublika bosqichi!
Renessans universiteti talabalari
“Talabalar ligasi”da
voleybol sport turi bo‘yicha yuqori natijalarni qayd etib, yana bir muhim bosqichni zabt etdi.
Musobaqaning Toshkent shahar bosqichida sportchilarimiz o‘z mahorati namoyon etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda respublika bosqichiga yo‘l oldi.
Universitet jamoasi nomidan sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz va keyingi bosqichlarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz!
Olg‘a, Renessans!
Bizni kuzating
———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
👍 14
❤ 5
🔥 3
🎉 3
💯 2
🤩 1
🏆 1
10 7 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Sport – jamoani birlashtiruvchi kuch: “Universitet kubogi”ga start berildi
Renessans universitetida sportni keng targ‘ib qilish va jamoaviy ruhni yanada mustahkamlash maqsadida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida
“Universitet kubogi” sport musobaqalariga start berildi.
Ushbu musobaqalar voleybol, basketbol, gandbol, mini futbol, badminton, stol tennisi, shaxmat hamda shashka kabi sport turlarini qamrab olib, ishtirokchilargda o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash imkonini beradi.
Sport musobaqalari haftaning har juma va yakshanba kunlari muntazam ravishda o‘tkaziladi.
Barcha professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarni ushbu musobaqalarda faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz.
Bizni kuzating
———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Birinchi amaliy loyiha: kompetensiyalar modelini ishlab chiqish va joriy etish
Loyiha ofisining ilk amaliy tashabbusi sifatida xalqaro texnologiyalar asosida zamonaviy kompetensiyalar modelini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha
loyiha start oldi.
Mazkur loyiha quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun juda ham qiziqarli bo‘ladi:
🔹 Inson resurslarini boshqarish;
🔹 Ijtimoiy psixologiya;
🔹 Sotsiologiya;
🔹 Menejment.
Talabalar loyiha davomida nimalar bilan shug‘ullanadi?
intervyu va uchrashuvlar uchun ishchi materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;
ma’lumotlarni yig‘ish va tartibga solishda yordam beradi;
kompetensiyalar, vazifalar va indikatorlar bo‘yicha ishchi jadvallar bilan ishlaydi;
loyiha hujjatlari va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
elektron shakllar, reyestrlar va loyiha bo‘yicha raqamli materiallar bilan ishlaydi;
universitet bo‘linmalari bilan ish jarayonida amaliy tajriba orttiradi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
mas’uliyatli va intizomli bo‘lish;
jamoa bilan ishlay olish;
topshiriqlarni vaqtida bajarish;
Word, Excel yoki Google hujjatlar bilan ishlay olish;
hujjatlar va ma’lumotlar bilan tartibli ishlay olish.
Quyidagilar ustunlik beradi:
🔹 HR, psixologiya, sotsiologiya yoki menejmentga qiziqish;
🔹 intervyu, tahlil, loyiha ishlari yoki tadqiqotlarda qatnashgan bo‘lishi;
🔹 raqamli vositalar bilan ishlash ko‘nikmasi;
🔹 rasmiy matnlar va jadvallar bilan ishlay olish.
Joylar soni cheklangan – atigi 4 nafar talaba tanlab olinadi.
Bu loyiha orqali siz universitetdagi muhim amaliy jarayonning bir qismiga aylanasiz.
🚀 O‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz?
Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Murojaat uchun:
@jasur_makhmud va
@damcux
Bizni kuzating
———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#Xalqaro_hamkorlik
Onlayn muloqot – global natija: Renessans va UCSI muzokaralari samarali yakunlandi
Renessans universitetida xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi
– Malayziyaning nufuzli UCSI universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida,
UCSI universiteti turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning
TOP-100 taligidan joy olgan bo‘lsa,
QS xalqaro reytingida TOP-300 talikka kiradi.
Muloqotda UCSI universitetidan mehmondo‘stlik va turizm yo‘nalishida katta tajribaga ega mutaxassislar – UCSI universiteti boshqaruv Kengashi a'zosi, dotsent, PhD Hanafi bin Hamzah hamda assistent professor Ronald Willie Binati, shuningdek, Renessans universiteti rektori Shohruh Nuraliyev boshchiligidagi xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida
“Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikda dasturlarni yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini kengaytirish va akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini atroflicha muhokama qilindi.
Eng muhimi, muzokaralar natijasida bu hamkorlik
aniq amaliy loyihalar orqali bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilishi bo‘yicha
kelishuvga erishildi.
Bu esa
Renessans universiteti talabalariga
xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va
global imkoniyatlar eshigini yanada keng ochadi.
Bizni kuzating
———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#Xalqaro_konferensiya
Renessans universitetida bo'lib o'tayotgan
“Oliy ta’lim va mehnat bozori hamkorligini rivojlantirish tadqiqotlari: yutuqlar, muammolar, yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
doirasida yo‘nalish majlislari davom etmoqda.
Ayni paytda konferensiyada 4 ta yo‘nalish boʼyicha tematik majlislar bo‘lib o‘tmoqda. Unda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining olimlari, ekspertlar, xalqaro tashkilotlarning malakali mutaxassislari o‘z ilmiy qarashlari, tajribalari hamda muhim tashabbuslarini taqdim etmoqda.
Ushbu uchrashuvlarda sohaga oid dolzarb ilmiy va ijtimoiy muammolar yuzasidan
chuqur tahlil va
takliflar muhokamasi boʼlib oʼtmoqda. Eng muhimi, mazkur konferensiya ishtirokchilarga o‘z salohiyatini namoyon etish hamda fikrini ochiq bayon qilish imkonini bermoqda.
Murojaat uchun:
+998555067007 |
Yozish💬
Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
#Talabalar_ligasi
Renessans universiteti sportchilari “Talabalar ligasi”da sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi
Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan
“Talabalar ligasi” musobaqasida kurash bo‘yicha
Renessans universiteti jamoasi munosib ishtirok etdi.
Bellashuvlar davomida sportchilarimiz o‘z mahorati va qat’iyatini namoyon etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, 60 kg vazn toifasida 1-bosqich talabasi Tohirov Dilyorbek hamda 90 kg vazn toifasida 5-bosqich talabasi Ravshanov Muhammad faxrli 3-o‘rinni egalladi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar
medal hamda
diplomlar bilan taqdirlandi.
Renessans universiteti jamoasi nomidan sportchilarimizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz.
Ularning ustozlari va ota-onalariga ham chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Murojaat uchun:
+998555067007 |
Yozish💬
Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17
⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ