Renessans universitetida juma va shanba – sport kuni!
Universitetimizda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va jamoaviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida haftaning har juma va shanba kunlari "sport kuni" etib belgilandi.
Mazkur tashabbus joriy yil
7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Sport kunlari nafaqat jismoniy faolligimizni oshirmoqda, balki jamoa bilan yanada yaqinlashishimizga ham katta turtki bermoqda. Ishdan keyin bunday musobaqalarda qatnashish kayfiyatni ko‘tarib, yangi energiya bag‘ishlamoqda.
– deydi Dilshod Rahimov.
Sport kuni doirasida universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari o‘rtasida turli sport musobaqalari muntazam ravishda o‘tkaziladi. Xususan, bugun
voleybol bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar nafaqat o‘z mahoratini, balki jamoaviy hamjihatlikni ham namoyon etdi.
Bellashuvlar kelgusi haftada ham davom etadi. Barchani ushbu jarayonlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Bizni kuzating
———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
Обсуждение 3
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram