avatar
RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI
@renessansedu_uz
17.04.2026 12:44
#Xalqaro_hamkorlik

Onlayn muloqot – global natija: Renessans va UCSI muzokaralari samarali yakunlandi

Renessans universitetida xalqaro hamkorlik yo‘lida yana bir muhim qadam tashlandi Malayziyaning nufuzli UCSI universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida, UCSI universiteti turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning TOP-100 taligidan joy olgan bo‘lsa, QS xalqaro reytingida TOP-300 talikka kiradi.

Muloqotda UCSI universitetidan mehmondo‘stlik va turizm yo‘nalishida katta tajribaga ega mutaxassislar UCSI universiteti boshqaruv Kengashi a'zosi, dotsent, PhD Hanafi bin Hamzah hamda assistent professor Ronald Willie Binati, shuningdek, Renessans universiteti rektori Shohruh Nuraliyev boshchiligidagi xalqaro hamkorlik bo‘limi vakillari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida “Turizm va mehmondo‘stlik” yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikda dasturlarni yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvini kengaytirish va akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalarini atroflicha muhokama qilindi.

Eng muhimi, muzokaralar natijasida bu hamkorlik aniq amaliy loyihalar orqali bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bu esa Renessans universiteti talabalariga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va global imkoniyatlar eshigini yanada keng ochadi.

Bizni kuzating

———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
👍 3
2
🤩 2
💯 2
👏 1
🎉 1
1 1 1.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

15.3K
RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI
✅40 ga yaqin yo’nalish
✅Davlat diplomi

☎️(55) 506 80 08 ☎️(55) 506 70 07

Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani
Открыть в Telegram