avatar
RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI
@renessansedu_uz
17.04.2026 14:03
Birinchi amaliy loyiha: kompetensiyalar modelini ishlab chiqish va joriy etish

Loyiha ofisining ilk amaliy tashabbusi sifatida xalqaro texnologiyalar asosida zamonaviy kompetensiyalar modelini ishlab chiqish va uni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha loyiha start oldi.

Mazkur loyiha quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar uchun juda ham qiziqarli bo‘ladi:

🔹 Inson resurslarini boshqarish;
🔹 Ijtimoiy psixologiya;
🔹 Sotsiologiya;
🔹 Menejment.


Talabalar loyiha davomida nimalar bilan shug‘ullanadi?
intervyu va uchrashuvlar uchun ishchi materiallarni tayyorlashda ishtirok etadi;
ma’lumotlarni yig‘ish va tartibga solishda yordam beradi;
kompetensiyalar, vazifalar va indikatorlar bo‘yicha ishchi jadvallar bilan ishlaydi;
loyiha hujjatlari va tahliliy materiallarni tayyorlashda qatnashadi;
elektron shakllar, reyestrlar va loyiha bo‘yicha raqamli materiallar bilan ishlaydi;
universitet bo‘linmalari bilan ish jarayonida amaliy tajriba orttiradi.


Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

mas’uliyatli va intizomli bo‘lish;
jamoa bilan ishlay olish;
topshiriqlarni vaqtida bajarish;
Word, Excel yoki Google hujjatlar bilan ishlay olish;
hujjatlar va ma’lumotlar bilan tartibli ishlay olish.


Quyidagilar ustunlik beradi:
🔹 HR, psixologiya, sotsiologiya yoki menejmentga qiziqish;
🔹 intervyu, tahlil, loyiha ishlari yoki tadqiqotlarda qatnashgan bo‘lishi;
🔹 raqamli vositalar bilan ishlash ko‘nikmasi;
🔹 rasmiy matnlar va jadvallar bilan ishlay olish.


Joylar soni cheklangan – atigi 4 nafar talaba tanlab olinadi.

Bu loyiha orqali siz universitetdagi muhim amaliy jarayonning bir qismiga aylanasiz.

🚀 O‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz?
Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!


Murojaat uchun:
@jasur_makhmud va @damcux

Bizni kuzating

———
Telegram|Instagram*|Facebook*|Youtube| Veb-sayt|LinkedIn
👏 4
👍 3
🔥 1
🤩 1
3 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI

15.3K
RENESSANS TA'LIM UNIVERSITETI
✅40 ga yaqin yo’nalish
✅Davlat diplomi

☎️(55) 506 80 08 ☎️(55) 506 70 07

Toshkent shahri, Shayhontoxur tumani
Открыть в Telegram