avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
сегодня, 07:02
#Xotira

"Paxtakor-79": vaqt yengolmagan xotira

1979-yilning 11-avgust sanasi o‘zbek futboli tarixida og‘ir va qayg‘uli kun sifatida muhrlanib qolgan. Shu kuni mamlakatimiz futbolining afsonasiga aylangan "Paxtakor" jamoasi a’zolari fojiali aviahalokat qurboni bo‘ldi.

O‘sha kuni "Paxtakor" jamoasi Minskdagi "Dinamo" klubiga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun Doneskdan Minsk shahriga yo‘l olgan edi. Tu-134 rusumli samolyot Dneprodzerjinsk shahri yaqinida, qariyb 8 400 metr balandlikda boshqa bir Tu-134 samolyoti bilan to‘qnashib ketdi. Halokat oqibatida ikki samolyotdagi 178 nafar inson halok bo‘lgan. Ular orasida "Paxtakor" jamoasining 17 nafar a’zosi — futbolchilar, murabbiy, shifokor va jamoa ma’muriyati vakili ham bor edi.

"Paxtakor-79" nafaqat o‘zbek futboli, balki butun O‘zbekiston sporti uchun ulkan yo‘qotish bo‘ldi. Fojia xalqimiz qalbida chuqur iz qoldirdi. Halok bo‘lgan futbolchilarning nomi va ularning sportdagi jasorati avlodlar xotirasida saqlanib kelmoqda.

Bugun, oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, "Paxtakor-79" nomi xotira, sadoqat va milliy sportimiz tarixining ajralmas qismi sifatida tilga olinadi. Ularni xotirlash — nafaqat o‘tmishni yod etish, balki yosh avlodga inson xotirasi va milliy qadriyatlarni asrash tuyg‘usini yetkazishdir.

"Paxtakor-79" jamoasi a’zolari nomi xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi.


Telegram Instagram*
👍 2
2
1
5 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
10.08.2026 16:44
O‘zbekona qadriyatlar — millat ko‘zgusi

Kattaga hurmat, kichikka izzat.
Mehmonga ehtirom, qo‘ni-qo‘shniga oqibat.
Bir og‘iz shirin so‘z, samimiy tabassum, o‘zgalarga yaxshilik qilish...

Bular oddiy muomala emas. Bu — o‘zbekona tarbiya, milliy o‘zligimiz va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan bebaho qadriyatlarimiz.

Zamon o‘zgaradi, dunyo o‘zgaradi. Ammo mehr-oqibat, odob va insoniylik bizni millat sifatida birlashtirib turadi.

Bizning eng katta boyligimiz — o‘zbekona qadriyatlarimizdir.

Telegram Instagram*
4
4
🔥 3
👍 2
40 4.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
10.08.2026 10:45
#Vazir_maqolasi

emoji Gretsiyaning "Mir i Omonia" nomli rus tilidagi xalqaro nashrida O'zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning "Сияние, исходящее из Афин: Министр культуры Узбекистана о визите в Грецию" nomli maqolasi e'lon qilindi.

emoji Batafsil: https://mio.com.gr/publikatsii/eksklyuziv/siyanie-iskhodyashchee-iz-afin-ministr-kultury-uzbekistana-o-vizite-v-gretsiyu

Telegram Instagram*
4
👍 2
33 5.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
10.08.2026 08:22
#OAV_biz_haqimizda

Marg‘ilonda katta askiya kechasi bo‘lib o‘tdi

Telegram Instagram*
👍 1
14 3.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
09.08.2026 16:02
#Videoreportaj

Xivada “Qovun sayli” festivali turli madaniyatlarni bir maydonda jamlamoqda

Videolavhada quyidagilarni ko‘rishingiz mumkin:


— Xorazmning shirin qovunlaridan yaratilgan poyezd;

— Festivalning bosh qahramoni bo‘lgan Xorazm qovunlari nega asrlar davomida o‘z shirinligini yo‘qotmagan?

— Xorazmni ilk bor ekspeditsiya qilgan arxeolog olim Sergey Tolstoy va o‘zbek arxeologi Yahyo G‘ulomov nimalarni aniqlagan?

Telegram Instagram*
7
🔥 2
2
👍 1
4 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
09.08.2026 14:54
6
👍 2
🔥 1
1
4 1.6K
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
08.08.2026 14:18
#OAV_biz_haqimizda
 
Raqs yog‘dusiga aylangan "Shodlik" ansambli

Telegram Instagram*
 
👍 2
1
2 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
08.08.2026 12:45
#Videoreportaj

Xivada "Qovun sayli" boshlandi

Xiva shahrida an’anaviy "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tmoqda. 7–9 avgust kunlari davom etadigan bayram tadbirlari "Ichan qal’a" va "Arda Xiva" majmualarida tashkil etilgan.

Festival doirasida Xorazmning shahar va tumanlarida yetishtirilgan shirin va xushbo‘y qovunlarning ko‘rgazma-savdosi o‘tkazilmoqda. Hududlar uchun maxsus pavilonlar tashkil etilib, ularda qovunning turli navlari namoyish etilmoqda.

Tadbir mehmonlarini milliy taomlar, Xorazm nonlari, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, milliy liboslar namoyishi, teatrlashtirilgan sahnalar va xalq ijodi namunalari ham kutib turibdi. Shuningdek, folklor jamoalari va san’atkorlarning jonli chiqishlari, mahorat darslari hamda tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda.

Festivalning eng katta madaniy dasturlaridan biri 8-avgust kuni "Arda Xiva" majmuasida bo‘lib o‘tadi. Unda rossiyalik mashhur xonanda MakSim konsert dasturi bilan ishtirok etadi. Konsertga kirish bepul.

"Qovun sayli" Xorazmning boy dehqonchilik an’analari, milliy madaniyati va mehmondo‘stligini namoyon etish, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlarni viloyatga yanada ko‘proq jalb qilishga xizmat qilmoqda.


Telegram Instagram*
👍 5
2
1
11 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
07.08.2026 17:43
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov fuqarolar qabulida madaniyat va san’at sohasiga oid murojaatni tinglar ekan, fuqaroning dolzarb savoliga munosib javob berdi

Ijtimoiy tarmoqlarni, afsuski, ziyolilar, ilm egalari emas, bachkana videolarni targ‘ib qiladigan blogerlar egallab olgan. Xalqimiz esa, ilojsiz, shunday bachkana videokontentni ko‘rishga majbur bo‘lyapti, — dedi Madaniyat vaziri.

Madaniyat vazirining mazkur fikrlari ayni haqiqat. Ilm egalari, adabiyot namoyandalari va madaniyat ahli ijtimoiy tarmoqlarni mazmunli kontent bilan to‘ldirmas ekan, ongu tafakkurimizni aynan shunday bachkana videolar egallashi muqarrar.

Madaniyat vaziri ta’kidlaganidek, buning yagona yechimi — ziyoli qatlamning birlashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqimizning qalbi va ongini ezgu g‘oyalar bilan zabt etishidir.

Telegram Instagram*
5
3
31 2.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
07.08.2026 15:51
Taniqli xonanda Mohira Asadova Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Taniqli xonanda Mohira Asadova madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan bo'lib o'tgan muloqot davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan madaniyat va san'at sohasiga berilayotgan e'tibordan minnatdor ekanligini bildirdi.

Mohira Asadova:
50 yildan buyon shu sohada yurib bunaqa sharoitlarni endi ko'ryapmiz...

Ozodbek Nazarbekov: Avvalo shu insonni mehrlari, agar shu insonni mehrlari bo'lmasa ming yig'laylik, ming dod deylik eshitmasalar hech nima bo'lmasdi...

Batafsil videoda

Telegram Instagram*
3
3
5 1.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
Переслано от Rasmiy axborot
07.08.2026 15:47
🇺🇿🇺🇸O‘zbekiston va AQSh strategik sherikligi yangi bosqichga chiqmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, bugungi kunda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilayotgani, Ishbilarmonlik va investitsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani hamda hududlararo aloqalar kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar kabi ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Muloqotda global va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash, xalqaro mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampni o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelishga taklif qildi.

@Rasmiy_axborot_official17433
3
1
2 1.4K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
07.08.2026 09:01
#OAV_biz_haqimizda

Qirg'iz Respublikasida "O'zbekiston madaniyati kunlari" bo'lib o'tdi

Telegram Instagram*
2
1
4 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
06.08.2026 20:38
Vazir fuqarolarning murojaat va tashabbuslarini tingladi

6-avgust kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov fuqarolar qabuli doirasida 13 nafar fuqaro tomonidan ilgari surilgan murojaat, taklif va masalalarni ko‘rib chiqdi.

Telegram Instagram*
7
1
10 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
06.08.2026 19:53
👍 4
1
7 2.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov

11.7K
O‘sarov Sirojiddin Baxriddinovich

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari - vazirning axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi

▪️Instagram*: instagram*.com/press_usarov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram