avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
сегодня, 07:02
#Xotira

"Paxtakor-79": vaqt yengolmagan xotira

1979-yilning 11-avgust sanasi o‘zbek futboli tarixida og‘ir va qayg‘uli kun sifatida muhrlanib qolgan. Shu kuni mamlakatimiz futbolining afsonasiga aylangan "Paxtakor" jamoasi a’zolari fojiali aviahalokat qurboni bo‘ldi.

O‘sha kuni "Paxtakor" jamoasi Minskdagi "Dinamo" klubiga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun Doneskdan Minsk shahriga yo‘l olgan edi. Tu-134 rusumli samolyot Dneprodzerjinsk shahri yaqinida, qariyb 8 400 metr balandlikda boshqa bir Tu-134 samolyoti bilan to‘qnashib ketdi. Halokat oqibatida ikki samolyotdagi 178 nafar inson halok bo‘lgan. Ular orasida "Paxtakor" jamoasining 17 nafar a’zosi — futbolchilar, murabbiy, shifokor va jamoa ma’muriyati vakili ham bor edi.

"Paxtakor-79" nafaqat o‘zbek futboli, balki butun O‘zbekiston sporti uchun ulkan yo‘qotish bo‘ldi. Fojia xalqimiz qalbida chuqur iz qoldirdi. Halok bo‘lgan futbolchilarning nomi va ularning sportdagi jasorati avlodlar xotirasida saqlanib kelmoqda.

Bugun, oradan yillar o‘tgan bo‘lsa-da, "Paxtakor-79" nomi xotira, sadoqat va milliy sportimiz tarixining ajralmas qismi sifatida tilga olinadi. Ularni xotirlash — nafaqat o‘tmishni yod etish, balki yosh avlodga inson xotirasi va milliy qadriyatlarni asrash tuyg‘usini yetkazishdir.

"Paxtakor-79" jamoasi a’zolari nomi xalqimiz xotirasida abadiy yashaydi.


Telegram Instagram*
👍 2
2
1
5 1.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov

11.7K
O‘sarov Sirojiddin Baxriddinovich

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari - vazirning axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi

▪️Instagram*: instagram*.com/press_usarov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram