Madaniyat vaziri
Ozodbek Nazarbekov fuqarolar qabulida madaniyat va san’at sohasiga oid murojaatni tinglar ekan, fuqaroning dolzarb savoliga munosib javob berdi
—
Ijtimoiy tarmoqlarni, afsuski, ziyolilar, ilm egalari emas, bachkana videolarni targ‘ib qiladigan blogerlar egallab olgan. Xalqimiz esa, ilojsiz, shunday bachkana videokontentni ko‘rishga majbur bo‘lyapti, — dedi Madaniyat vaziri.
Madaniyat vazirining mazkur fikrlari ayni haqiqat.
Ilm egalari, adabiyot namoyandalari va madaniyat ahli ijtimoiy tarmoqlarni mazmunli kontent bilan to‘ldirmas ekan, ongu tafakkurimizni aynan shunday bachkana videolar egallashi muqarrar.
Madaniyat vaziri ta’kidlaganidek, buning yagona yechimi — ziyoli qatlamning birlashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqimizning qalbi va ongini ezgu g‘oyalar bilan zabt etishidir.
Telegram Instagram*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram