avatar
Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov
@press_usarov
08.08.2026 12:45
#Videoreportaj

Xivada "Qovun sayli" boshlandi

Xiva shahrida an’anaviy "Qovun sayli" festivali bo‘lib o‘tmoqda. 7–9 avgust kunlari davom etadigan bayram tadbirlari "Ichan qal’a" va "Arda Xiva" majmualarida tashkil etilgan.

Festival doirasida Xorazmning shahar va tumanlarida yetishtirilgan shirin va xushbo‘y qovunlarning ko‘rgazma-savdosi o‘tkazilmoqda. Hududlar uchun maxsus pavilonlar tashkil etilib, ularda qovunning turli navlari namoyish etilmoqda.

Tadbir mehmonlarini milliy taomlar, Xorazm nonlari, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari, milliy liboslar namoyishi, teatrlashtirilgan sahnalar va xalq ijodi namunalari ham kutib turibdi. Shuningdek, folklor jamoalari va san’atkorlarning jonli chiqishlari, mahorat darslari hamda tasviriy va amaliy san’at ko‘rgazmalari tashkil etilmoqda.

Festivalning eng katta madaniy dasturlaridan biri 8-avgust kuni "Arda Xiva" majmuasida bo‘lib o‘tadi. Unda rossiyalik mashhur xonanda MakSim konsert dasturi bilan ishtirok etadi. Konsertga kirish bepul.

"Qovun sayli" Xorazmning boy dehqonchilik an’analari, milliy madaniyati va mehmondo‘stligini namoyon etish, shuningdek, mahalliy va xorijiy sayyohlarni viloyatga yanada ko‘proq jalb qilishga xizmat qilmoqda.


Telegram Instagram*
👍 5
2
1
11 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Madaniyat vaziri matbuot kotibi | Sirojiddin O‘sarov

11.7K
O‘sarov Sirojiddin Baxriddinovich

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati rahbari - vazirning axborot siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi

▪️Instagram*: instagram*.com/press_usarov
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram