avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
25.04.2026 10:15
🔥 7
😐 6
👍 1
53 8.7K
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
25.04.2026 05:31
O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi may oyida IPO o‘tkazadi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda birinchi chorak yakunlari bo‘yicha Yalpi ichki mahsulot (YaIM) 8,7% ga o‘sgani ma’lum qilindi.

Buning natijasida, yanvar-mart oylarida budjet tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35% ga oshib, 103 trillion so‘mni tashkil etdi.

"Kelasi oyda biz ilk bor qiymati 2,4 milliard dollarlik 30 foiz davlat aktivlarini xalqaro fond bozorlariga chiqaramiz. Bunga Milliy investitsiya jamg‘armasining tashkil etilishi hamda 13 ta strategik korxona boshqaruvining nufuzli Franklin Templeton kompaniyasiga topshirilishi tufayli erishildi", — dedi davlat rahbari.

emoji Batafsil Pivot.uz'da o'qing

Instagram* | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook* | YouTube
👍 6
👏 1
13 3.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
24.04.2026 08:36
Stenford va OpenAI O‘zbekiston rahbarlarini o‘qitishni boshladi

Yurtimizdagi 25 dan ortiq yirik tashkilot rahbarlari uchun AI Leaders 2026 o‘quv dasturi boshlandi. Mashg‘ulotlar Stanford HAI, OpenAI Academy – ChatGPT yaratuvchilari (OpenAI) tomonidan tashkil etilgan ta'lim bo'limi va Silkroad Innovation Hub mutaxassislari tomonidan o‘tiladi.

Dasturda Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi kabi davlat idoralari vakillari SI imkoniyatlarini o‘rganishmoqda. Moliya sektoridan esa Kapitalbank, Xalq banki, Aloqabank, Agrobank va HUMO kabi bank rahbarlari qatnashmoqda.

Dasturga jahonning eng nufuzli ekspertlaridan biri, Google’ning sobiq direktori Piter Norvig akademik rahbarlik qilmoqda. Bu esa O‘zbekistonlik rahbarlarga sun’iy intellekt bo‘yicha dunyoning eng ilg‘or tajribasini o‘zlashtirish imkonini beradi.

emoji Batafsil Pivot.uz'da o'qing.

Instagram* | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook* | YouTube
🔥 22
5
👍 1
🤯 1
26 2.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
23.04.2026 19:30
Asakabank aktivlari fondlar fondi UzVC boshqaruviga o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston bank tizimida davlat ishtirokini qisqartirish va bozor mexanizmlarini joriy etish borasidagi islohotlar doirasida "Asakabank" AJ faoliyatini tubdan isloh qilishga doir muhim qaror qabul qilindi. Mazkur hujjat bankning operatsion samaradorligini oshirish va xalqaro investitsiyaviy jozibadorligini ta’minlashga qaratilgan.

Bank balansini nomutaxassis aktivlardan xolos qilish maqsadida quyidagi choralar belgilandi:
382,6 milliard so‘mlik 4 ta yirik investitsiya loyihalari va korxonalardagi ulushlar (jumladan, "Uz CLAAS Agro" va "Yashil energiya") Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi.
780 milliard so‘mlik farmatsevtika yo‘nalishidagi loyihalar ("Asaka Farm Invest" va Asaka Farm Ventures UzVC milliy venchur fondiga topshiriladi va budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

• Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi yirik mulkiy majmua bank balansidan chiqarilib, uning qiymati xususiylashtirish dasturi mablag‘lari hisobidan bankka qoplab beriladi.

Bankning moliyaviy poydevorini mustahkamlash uchun davlat tomonidan keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash choralari amalga oshiriladi:
95 million AQSH dollari: 2026-yil davomida bank ustav kapitaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kiritiladigan investitsiya miqdori.
1,98 trillion so‘m: Iqtisodiyot va moliya vazirligi oldidagi qarz majburiyatlari bank kapitalini tiklash uchun ustav kapitaliga konvertatsiya qilinishi belgilandi.
Dividend siyosati: Bankning 2024-2025 yillardagi sof foydasi dividend sifatida to‘lanmaydi, balki kapitalni mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

Xususiylashtirish jarayonining eng muhim nuqtasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikdir:
• ETTB bankning 15 foiz aksiyalarini sotib olish bo‘yicha asosiy shartlarni kelishib oldi.
2026-yil 1-sentyabrgacha xalqaro maslahatchilar yordamida ushbu ulushni sotishning yakuniy narxi va investitsiya shartnomasi shartlari tasdiqlanadi.

Bank faoliyati endilikda to‘liq bozor (tijorat) tamoyillari va zamonaviy risk-menejment tizimi asosida tashkil etiladi. Bankning asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan har qanday qo‘shimcha vazifalar ijrosi to‘xtatiladi.

Ushbu qaror "Asakabank"ni zamonaviy, raqobatbardosh va xalqaro standartlarga javob beruvchi xususiy bankka aylantirish yo‘lidagi qat’iy qadamdir. Jarayonning shaffofligi "Katta to‘rtlik" (Big Four) turkumidagi xalqaro maslahatchilar tomonidan ta’minlanadi.

@pivotuzbekistan
👏 4
6 785
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
23.04.2026 15:03
Game Fest Uzbekistan’da Pitch Session

Markaziy Osiyolik o'yin ishlab chiquvchilar uchun yilning eng muhim imkoniyati! Game Fest doirasida bo'lib o'tadigan maxsus Pitch Session’da o'z loyihangizni xalqaro investorlar va nashriyotlarga tanishtiring.

Sizning loyihangizni quyidagi gigantlar baholaydi:
• Behold Ventures, Bitkraft Ventures, WePlay Ventures, Tamatem Games, Voodoo, BoomBit, Kameha Ventures.


Sizni nima kutmoqda?
• Pitch-prezentatsiya
• To'g'ridan-to'g'ri feedback
• Xalqaro bozorga chiqish imkoni


Vaqtni boy bermang, o'z o'yiningizni yangi bosqichga olib chiqing!

Ro'yxatdan o'tish

Instagram* | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook* | YouTube
3 1.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
22.04.2026 20:01
OpenSpot $6 millionlik baho bilan $100,000 investitsiya jalb qildi

O'zbekiston startap ekotizimi uchun xalqaro standartlardagi navbatdagi muhim kelishuv: AI yordamida turargohlarni boshqarish platformasi OpenSpot, Sarmo Ventures venchur jamg'armasidan $100,000 investitsiya jalb qildi. Mazkur raund doirasida kompaniya qiymati $6 million deb baholandi.

Avvalgi raundda amerikalik venchur jamg'arma $170,000 bergan edi, endi mahalliy Sarmo Ventures qo'shildi. Jami jalb etilgan mablag' — $270,000. Xorijiy va mahalliy investorlarning birgalikda kirib kelishi startapning turli bozorlarda ham ishonch uyg'otayotganini ko'rsatadi.

Eslatib o'tamiz 2025-yilda Sarmo Ventures Topcoach.uz, Praaktisgo.com, Kotib Legal, Navai.pro startaplariga $50,000 dan investitsiya kiritgan edi.

emoji Batafsil Pivot.uz'da o'qing

Instagram* | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook* | YouTube
🔥 7
👍 2
12 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
22.04.2026 12:41
Firstpoint VC AI-startaplar uchun €50 mlnlik fondni ishga tushirdi

Firstpoint VC geyming va ko‘ngilochar sohadagi AI-startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun €50 millionlik yangi fondni e’lon qildi. Fond strategiyasi Markaziy Osiyo, Turkiya, Sharqiy Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyoning yuqori o‘sish sur’atlariga ega bozorlariga yo‘naltirilgan.

emoji Batafsil Pivot.uz'da o'qing

Instagram* | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook* | YouTube
👍 2
3 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
22.04.2026 09:29
Jon Ternus 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Apple Inc. kompaniyasining yangi bosh direktori (CEO) bo‘ladi.

Tim Kuk esa direktorlar kengashining ijrochi raisi lavozimini egallaydi, deb xabar bermoqda CNBC.

@pivotuzbekistan
4
👍 2
3 1.7K
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
21.04.2026 20:49
IMAN Holding islomiy bank platformasini $100 million dollar investitsiya jalb qilmoqda

O‘zbekistonda asos solingan IMAN Holding global moliya bozorida yirik kengayish davrini boshladi. Kompaniya Yaqin Sharq (GCC) bozoriga chiqish va sun’iy intellekt (AI) orqali boshqariladigan to‘liq islomiy bankni yaratish uchun 100 million dollar miqdorida mablag‘ yig‘moqda.

Bugungi natijalar va rejalar:
Foydalanuvchilar: 1 milliondan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan mijoz.
Mablag‘lar: Hozirda 100 million dollardan ortiq aktivlar boshqarilmoqda.
• 2026-yil oxirigacha boshqaruvdagi aktivlar hajmini 250 million dollarga yetkazish.

Mazkur fundrayzing to‘liq islomiy bank litsenziyasini olish va AI infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanadi deb xabar bermoqda jamoa vakillari.

@pivotuzbekistan
👏 24
🔥 20
4
👍 2
😐 1
79 2.9K
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
21.04.2026 19:57
⚡️ Startapingizdagi real muammo va savollaringizga Alisher Hasanovdan javob oling

Asoschilar uchrashuvda qatnashib:
• startaplarini taqdimot qilib feedback olish;
• qiziqtirgan barcha savollariga ochiq javob olishi;
• startaperlar uchun yangi networking imkoniyatiga ega bo'ladi.

Sana: 22-aprel
Vaqt: 14:00
Manzil: Startup Garage

Qatnashish bepul.

Ro'yxatdan o'tish: Havola
👍 5
6 1.7K
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
21.04.2026 17:51
Pivot.uz | Startap va texnologiya Фото: O‘zbekistonda IT-inqilobi: «Enterprise Uzbekistan» markazi tashkil etilmoqda! Mamlakatimizda 2100-yilgacha amal qiladigan maxsus huquqiy rejimga ega xalqaro raqamli texnologiyalar markazi ish boshlaydi. Loyiha doirasida kompaniyalarga ish haqini chet el valyutasida to‘lash, intellektual mulkni himoya qilish va soliq imtiyozlari beriladi. Asosiy maqsad — 2030-yilga kelib 1000 ta kompaniyani jalb qilish va IT-eksportni $5 milliard dollarga yetkazishdir. Bu tashabbus O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi yirik texnologik xabga aylantiradi. Batafsil Pivot.uz'da o'qing @pivotuzbekistan
2100-yilgacha soliq va bojxona to‘lovlari deyarli bo‘lmaydi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Enterprise Uzbekistan xalqaro markazini tashkil etishga doir konstitutsiyaviy qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Ushbu tashabbus poytaxtda investorlar va tadbirkorlar uchun xalqaro standartlarga asoslangan eksklyuziv huquqiy maydon yaratishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, hududda Angliya va Uels huquqi normalari asosida maxsus huquqiy rejim o‘rnatiladi. Tadbirkorlar uchun ish haqini xorijiy valyutada to‘lash, xalqaro mehnat standartlarini qo‘llash va davlat xizmatlaridan yagona darcha tizimi orqali foydalanish imkoniyati yaratiladi.

emoji Batafsil Pivot.uz'da o‘qing

Instagram* | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook* | YouTube
👏 7
🔥 4
🤯 3
18 2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
avatar
Pivot.uz | Startap va texnologiya
@pivotuzbekistan
21.04.2026 16:04
Toshkent — Markaziy Osiyo geyming poytaxtiga aylanadi!

Siz nafaqat o‘yin o‘ynashni, balki ularni yaratishni va bu sohada biznes qilishni xohlaysizmi? Unda GameFest 2026 aynan siz uchun!

15–16-may kunlari “Renessans Hall” majmuasida mintaqadagi eng yirik o‘yin va animatsiya festivali bo‘lib o‘tadi. 40 ta davlatdan kelgan 10 000 dan ortiq mutaxassislar orasida bo‘lish imkoniyatini boy bermang!

Festivalda sizni nimalar kutmoqda?
• Top ekspertlardan master-klasslar va industriya sirlari.
• 48 soat ichida noldan o‘yin yaratish va mahoratingizni sinash.
• Investorlar bilan uchrashuv va loyihangizni dunyoga olib chiqish imkoni.
• Sevimli qahramonlaringiz hayotga qaytadigan yorqin tomosha!
• Eng kuchli DJlar hamrohligida unutilmas shou.


Manzil: Renessans Hall majmuasi
Sana: 15–16-may, 2026-yil
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting

Instagram* | LinkedIn | X (Twitter) | Facebook* | YouTube
🔥 1
23 2.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Pivot.uz | Startap va texnologiya

9.3K
Markaziy Osiyodagi startap ekotizimi, innovatsiyalar, texnologiya va iqtisodiyot yangiliklari

👉🏻 English: @pivotglobaal
👉🏻 Aloqa: @pivotuzmedia
Открыть в Telegram